Ustasi farang
„Ustasi farang“ — turk yozuvchisi Oʻrxon Kamol qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Toʻplamga muallifning 21 hikoyasi kiritilgan. Hikoyalarning aksari Kamolning „Birodarlik ulushi“ toʻplamidan olingan. Hikoyalarni rus tilidan oʻzbek tiliga Ahmad Qurbonbekov tarjima qilgan.
Hikoyalar
Oʻzbekcha tarjima
„Ustasi farang“ni oʻzbek tiliga 1967-yil „Nauka“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Ahmad Qurbonbekov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1972-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: B. Saydaliyev – muharrir, G. Li – rassom, A. Li – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Manbalar
uz.wikipedia.org