Usta Ali maqbarasi




Usta Ali maqbarasi (1-nomsiz maqbara) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr 80-yillari); Shohizinda tarkibida. Maqbarada qarshilik Usta Ali Nasafiy nomi saklanganligi uchun uning nomi bilan ataladi. Makbara toʻrtburchak tarhli (8,1x 9,8 m), bir xonali, peshtoqgumbazli, gumbazi 16 qirrali baland asosga oʻrnatilgan. Maqbaraga peshtoqidagi chuqur ravokli eshik orqali kiriladi. Makbara ostida toʻrtburchakli sagʻana joylashgan. Peshtok,, ravoklari, ichki devorlaridagi rang-barang koshinkori oʻsimliksimon, girih naqshlar arab yozuvidagi kitobalar bilan uygʻunlikda hamda mutanosiblikda mahorat bilan bajarilgan. Maqbaraning yon tarzlari silliqlangan gʻishtlar bilan qoplangan boʻlib, oralariga shakldor "pechak"lar ishlangan. Serjilo bezaklarga boyligi uchun "guldor" makbara deb ham ataladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz