Ussuriysk




Ussuriysk (1898-yil gacha Nikolskoye qishlogʻi, 1926-yil gacha Nikolsk, 1935-yil gacha NikolskUssuriyskiy, 1957-yilgacha Voroshilov) — Rossiya Federatsiyasi Primorye oʻlkasidagi shahar. Razdolnaya daryosi boʻyida. Vladivostok shahridan 112 km shimolda. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Mashinasozlik va kislorod zavodlari, yengil (tikuvchilik fabrikasi, kunpoyabzal birlashmasi), oziq-ovqat (yogʻmoy, shakarqand, un va goʻsht ktlari) korxonalari bor. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, Primorye davlat muzeyining boʻlimi mavjud. Shahar 1866-yilda barpo qilingan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz