Uspenskiy sobori (Toshkent)




Tangri Onasi Vafoti kafedral sobori-jome’si (shuningdek, „Gospital cherkovi“) — Rus pravoslav kafedral cherkovining Oʻrta Osiyo Metropolit okrugiga qarashli Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasidagi pravoslav sobori.

U Toshkent shahrida Avliyoota koʻchasi, 91-uy, markaziy temir yoʻl vokzalidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan.

Tarixi



Ehrom qurilishi 1877-yilda Toshkentdagi gospital qabristoniga 1871-yilda qurilgan Panteleimon cherkovining eski binosi oʻrniga qad rostlagan. Uning qurilishi uchun mablagʻni shahar aholisi ehsonidan olingan: masalan, Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman 3000 rubl ajratgan. Eng katta sarmoyani birinchi gildiyaning toshkentlik savdogari Dmitriy Zaxo kiritgan, u keyinchalik bu yerda 15 yil mobaynida cherkov boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.

Ushbu qadamjo 1878-yilda qurib-bitkaziladi, 1879-yil 31-yanvarda ehrom buyuk shahid va tabib Panteleimon sharafiga qoʻyiladi.

1922-yilda, Markaziy Osiyodagi koʻpgina cherkovlar qatori, bu ehrom Rus cherkovi Sinod Pravoslav qoʻliga oʻtadi. 1933-yilda erom diniy xizmatlar uchun yopiladi, shundan soʻng bino 1945-yilgacha Oʻrta Osiyo harbiy okrugining sanitariya omboriga aylantiriladi. 1945-yil dekabr oyida cherkov maishiylarga qaytariladi, shundan soʻng u Bibimaryam jome’si nomi bilan yuritila boshlanadi; bir vaqtning oʻzida u Toshkent yeparxiyasi sobori maqomini ham oladi. 1958—1960-yillarda episkop Ermogen (Golubev) davrida bino qayta quriladi va ahamiyatli darajada kengaytiriladi.

1990-yillarning boshlarida soborning qoʻngʻiroq minorasi va uning gumbazlari qayta qurildi, soborga tutash hudud kengaytiriladi va obodonlashtiriladi, soborning ichki qismi ham hashamatli koʻrinish kasb etadi. 1996-yil 10-noyabrda Moskva va Butunrus patriarxi Aleksiy II Toshkentga tashrifi chogʻida soborda diniy xizmatni amalga oshiradi.

2014-yilda mazkur cherkovda ichida dafn marosimi uchun qoʻshimcha tarzda Luko ehromi qurishga qaror qilinadi.

Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz