Uspen (tuman, Pavlodar viloyati)





Uspen tumani  — Pavlodar viloyati tarkibidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi — Uspenka qishlogʻi. Maydoni — 5,5 ming km².

Geografiyasi



Shimoliy va shimoliy — gʻarbidan Qashir tumani bilan, gʻarbiy va janubiy-gʻarbidan Pavlodar tumani bilan, janubiy-sharqidan — Sherbaqti tumani bilan, shimoliy-sharqidan — Oltoy oʻlkasi bilan chegaradosh.

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinental, yanvar oyining oʻrtacha harorati −18º -19 °C., iyulniki — +20º +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm-ni tashkil qiladi.

Aholisi



1999-yili tuman aholisi — 21,4 ming kishini, 2012-yili esa — 14,4 ming kishinin tashkil qildi.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)

Tarixi



RSFSR UMIQ Prezidiumining 1935-yilgi 31-yanvardagi Farmoni bilan Lozovskiy tumani tashkil topdi, Qozoq KSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi Farmoniga binoan Lozovskiy tumani tarqatilib, uning oʻrniga Uspen tumani tashkil topdi.

Hududiy boʻlinishi



Tuman tarkibida 13 ta qishloqlar mavjud: Uspen, Bogatirskiy, Ilichyovskiy, Kovalyovskiy, Qaratay, Lozovskiy, Olginskiy, Pavlovskiy, Ravnopolskiy, Tauiljan, Temiryazevskiy.

Taʼlim



Tumanda 20 ta umumiy oʻrta bilim beruvchi maktablar mavjud, uning 17 tasi oʻrta, 2 tasi asosiy va 1 boshlangʻich maktab. Tuman qozoq tilida dars beruvchi atigi bitta maktab bor.

Tibbiyot



Tumanda 40 kishilik Uspen tuman markaziy kasalxonasi, 25 kishilik Konstantinovka qishlogʻining uchaskalik kasalxonasi, 15 kishilik silga qarshi kasalxona, 4 ta shifokorlik ambulatoriya, 14 ta tibbiyot punktlar, tuman sanitar-epidemiologik stansiya va 7 ta xususiy dorixonalar mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz