Usmonov Islom




Islom Usmonov [1922, Toshkent viloyati, Kalinin tumani (hozirgi Toshkent shahri, Chilonzor tumani hududi) — 1944.13.1, Zaporojye] —Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1942-yildan frontda. 1118-oʻqchi polki (3-Ukraina fronti, 6-armiyaning 333-oʻqchi diviziyasi) boʻlinma komandiri. 1943-yil 26 noyabrga oʻtar kechasi birinchilardan boʻlib, Dneprning oʻng qirgʻogʻiga oʻtgan. Zaporojye viloyatidagi Kanavskoye qishlogʻi uchun boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatgan. 1944-yil 2 fevralda (vafotidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Toshkentdagi u yashagan mahallada byusti oʻrnatilgan hamda koʻchalardan biriga nomi qoʻyilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz