Usmonli imperiyasi sultonlari




Usmonli imperiyasining sultonlari ulkan davlatga asos solishgan. Bu davlat mulklari dunyoning uch qitʼasida joylashgan edi. Usmonli imperiyasi choʻqqisiga chiqqanda shimolda Vengriya, janubda Somali, gʻarbda Jazoir va sharqda Iroqgacha choʻzilgan hududlarni qoʻl ostida birlashtirgan. Imperiya poytaxti dastlab Bursani poytaxt qilgan boʻlsa, 1366-yilda Edirnega koʻchirildi. Nihoyat, Vizantiya imperiyasidan magʻlubiyatga uchratilib, Konstantinopol olingandan keyin nomi oʻzgartirilib Istanbul poytaxtga aylandi. Zamonaviy olimlarning koʻpchiligi imperiya taxminan 1299-yilda paydo boʻlgan va uning asoschisi Oʻgʻuz turklarining Kayi urugʻidan boʻlgan Usmon Gʻozi ekanligini taʼkidlaydilar. Usmonlilar sulolasi 6 asr davomida 36 ta sulton taxtga o'tirgan. Birinchi jahon urushida Uchlar ittifoqi davlatlarning magʻlubiyati natijasida Usmonli imperiyasi tarix sahnasidan gʻoyib boʻldi. Imperiyaning Antanta davlatlari tomonidan boʻlinishi va undan keyingi mustaqillik urushi Turkiya Respublikasining tugʻilishiga olib keldi.

Usmonli davlati



Usmonlilar imperiyasi qo'l ostidagi hududlarni mutlaq humronlik bilan boshqargan. Usmonlilar sulton siyosiy, harbiy, huquqiy, ijtimoiy pog'onalarning eng yuqorisida edi. Nazariy jihatdan, u faqat Allohga bo'ysungan. O'zi esa „Allohning yerdagi soyasi“ va „Yer yuzidagi xalifasi“ (xalif-i ru-yi Zemin) deb ulug'langan. Butun hukumat idorasi sultonning qo'l ostida edi va u qabul qilgan har bir qaror farmon deb e'lon qilingan.Sulton qo'shinnning bosh qo'mondoni edi. 1453-yilda Konstantinopol zabt etilgandan so'ng ular o'zlarini Rim imperiyasining merosxo'rlari deb hisoblaganlar, shuning uchun ular vaqti-vaqti bilan Kayzer va imperator unvonlaridan foydalanishgan. 1517-yilda Misr fath qilinganidan keyin Salim I ham xalifa unvonini oldi.
Nazariy jihatdan hukmronlik teokratik va mutlaq boʻlsa-da, amalda sultonning vakolatlari cheklangan edi. U siyosiy qarorlar qabul qilishda sulolaning muhim vakillarining qarashlari va munosabatlarini hisobga olgan. Shuningdek, diniy maslahatchilar bilan ham fikr almashgan. Ularni xohish-irodasini hisobga olgan. XVII asrdan boshlab imperiya uzoq davom etgan turgʻunlik davriga kirdi, bu davrda sultonlar juda zaiflashdi. Ko'pchilik kuchli yanicharlar korpusi tomonidan taxtdan ag'darildi. Taxtga o'tirish man etilganiga qaramay, haramdagi ayollar, xususan, sultonning onasi (Valide Sulton nomi bilan ham tanilgan) uning hukmronligi davrida muhim siyosiy rol o'ynagan.
Sulaymon I Usmonlilar tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan sulton boʻlib, 46 yillik hukmronlik bilan imperiyani XVI asrda choʻqqiga olib chiqdi. Murod V XIX asrning tanazzul davrini boshqargan tarixdagi eng qisqa hukmronlik qilgan sulton edi. Uning hukmronligi atigi 93 kun davom etdi.
Imperiyaning soʻnggi mutlaq va birinchi konstitutsiyaviy monarxi Abdulhamid II edi.

Sultonlar ro'yxati



Quyidagi jadvalda Usmonli sultonlari va oxirgi Usmonli xalifasi sana boʻyicha tartiblangan. Shuningdek, Usmonli sultonlari tomonidan qo'llaniladigan xattotlik muhrlari yoki imzolari barcha rasmiy hujjatlarda, tangalarda va eng muhimi, sulton suratlarida foydalanilgan. „Eslatmalar“ ruknida sultonlarning ota-onalari, taqdirlari keltirilgan. Ilk monarxlar uchun odatda hukmronligining tugashi va vorisi taxtga o'tirishi o'rtasida ma'lum bir vaqt bo'lgan. Sababi, tarixchi Kuataertning fikricha, bu davrda Usmonlilar imperiyasida hukmronlik taxtga eng keksa emas, eng kuchlisi oʻtirardi: sulton vafot etgach, uning barcha oʻgʻillari gʻolib chiqqunga qadar jang qilishlari kerak edi. Shu sababli, ichki nizo yuzaga kelgan va birodar qondoshlarning o'limiga sabab bo'lgan. Shuning uchun sultonning vafot etgan sanasi har doim ham taxt vorisi bilan bir xil emas. 1617-yilda eng kuchli shahzoda taxtga chiqish oʻrniga bu eng katta o'g'il bilan almashtirildi. Bu tizim bilan oilaning eng kattasi taxtga o'tirgan. XVII asrda katta shahzoda sifatida vafot etgan sultonning o'rniga o'z o'g'li, amakisi yoki ukasi o'tirgan. Kattasi taxtni egallagan tizim (ekberiyet) XIX asrdagi muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay, saltanatning oxirigacha davom etdi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz