Usmon Xudoyqulov
Usmon Chinozovich Xudoyqulov (oʻzbekcha: Усмон Чинозович Худойқулов; 1954-yil, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — 1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Bosh prokurori.
Tarjimai holi
1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1976-1987-yillarda Qashqadaryo viloyati prokuraturasida tergovchi, katta tergovchi, boʻlim boshligʻi, viloyat prokurorining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
1987-yildan 1990-yilgacha OʻzSSR prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi boshligʻi.
1990-yildan 1992-yilgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.
1992-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha davlat maslahatchisi.
1995-yildan 1998-yilgacha Oʻzbekiston bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari.
1998-yilda Bosh prokuror etib tayinlangan.
2000-yil 18-fevralda ishdan olingan.
2000-yildan hozirgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ Yuridik boshqarmasi yurist-konsultanti.
Manbalar
uz.wikipedia.org