Usmon tili




Usmonli turk tili  — Usmonli imperiyasida adabiyot va davlat tili boʻlgan. Turk tilining bir turi. Uning tarkibida arab va fors tilidan kirib kelgan soʻzlar k’op. Shu sababli usmonli turkchasi davlatning uncha bilimi yoʻq fuqorolariga uncha tushunarli boʻlmadi. Asta sekinlik bilan turk aloqa tiliga usmonli turkchaning taʼsiri katta boʻldi.

Tarixi



Usmonli turk tilining tarixini 3 davrga boʻlishga boʻladi

Til reformasi



Usmonli imperiyasi Birinchi jahon urushidan keyin magʻlub boʻlgandan keyin va Turk Respublikasi tashkil topgandan soʻng 1928-yili til reformasi yurgizilib, tildagi koʻplab arab va fors tilidan kirgan soʻzlar olib tashlandi va oʻrniga turkcha yangi soʻzlar qoʻshildi. Arab alifbosining oʻrnini lotin alifbosi egalladi. Bu reforma Mustafo Kamol Otaturk yuritgan Otaturk feformalarining bir boʻlagi edi. Bu oʻzgarishlarning asosiy maqsadi — adabiy turk tilining ogʻzaki tilga yaqinroq turini shakllantirib, Turkiyani Usmonli imperiyasining oʻrniga paydo boʻlgan milliy davlat qilish edi.

Quyida turk tilidagi almashtirilgan soʻzlarning tizimidan olingan uchta misol keltirilgan. Usmonli turkchadagi uchta fors soʻzining hozirgi turk tilida qanday soʻzlar bilan almashtirilgani koʻrsatilgan:

Alifbosi



Usmonli turkchasi asosan Usmonli turk tilining alifbosi bilan (الفبا elifbâ) yozilar edi. Old alibosi fors alifbosining taʼsiriga uchragan arab alifbosining bir turi edi. Biroq usmonli turkchasining armen alifbosi bilan yozgan paytlari ham boʻlgan: masalan, Usmanli imperiyasida yozilgan ilk roman Akabi romanini 1851-yili Vartan Poshsho armen alifbosi bilan yozgan. Shunga oʻxshash, Abdulmajid sultonning davrida usmonlilarning tangasi ishlash bilan shugʻullangan armen millatidan chiqqan Duzogʻlilar sulolasi oʻz yozmalarini usmonli turkchada, biroq armen alifbosi bilan yozishgan. Boshqa alifbolar ham foydalanilgan, masalan yunon alifbosini, jo'hit alifbosining Rashi xatini musulmon emas guruhlar foydalangan, sababi arab alifbosi islom dini bilan bogʻliq boʻlgan. Aksincha sharoitlar ham boʻlgan. Masalan, yunoncha gapiradigan musulmonlar usmonli turk alifbosi foydalanib, yunon tilida yozadigan edi.

Sonlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz