Usmon Nosir koʻchasi (Toshkent)
Usmon Nosir koʻchasi — Toshkent shahrining markaziy qismida, Yunusobod tumani „Buyuk Turon“ mahallasi (Oloy bozori orqasida) hududida joylashgan koʻcha. Koʻchaning umumiy uzunligi qariyb 350 metrni tashkil qiladi.
Tarixi
Koʻchaning avvalgi nomi „Amir Temur 1-tor koʻchasi“ edi. 2023-yil 23-fevral kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VI-77−30−14−0-K/23-sonli qarori asosida ko‘cha nomi „Usmon Nosir ko‘chasi“ deb qayta nomlandi. Shuningdek, ko‘chaga tutash boʻlgan nomsiz ko‘chaga „Usmon Nosir 1-tor ko‘chasi“ nomi berildi. Toshkent shahar hokimligi ushbu qaror prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 10-fevraldagi „Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida“gi qarori tegishli bandining ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgani haqida xabar qildi.
Kesishgan koʻchalar
Koʻcha Amir Temur shox koʻchasi va Oloy bozori koʻchalari oraligʻida joylashgan boʻlib, faqatgina Usmon Nosir 1-tor koʻchasi bilan kesishadi. Shahrisabz va Abdulla Qodiriy ko‘chalariga parallel ravishda o‘tadi. Bu ikki tomonlama harakatlanish va ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan ikki polosali yoʻldir. Qatnov qismi oraligʻida daraxtlar ekilgan yashil hudud mavjud.
Binolar
Jamoat ahamiyatiga molik binolarga Oloy bozori, Toshshahartransxizmat, Oʻzbekiston pochtasi kiradi.
Transporti
Koʻchaning Amir Temur shox koʻchasi bilan kesishgan qismida jamoat transportining koʻpgina avtobus yoʻnalishlari harakatlanadi va uning yonidagi Abdulla Qodiriy metro bekati joylashgan. Kichik halqa yoʻlida joylashgan "Toshkent" temir yoʻl vokzali koʻchadan taxminan 4 km masofada joylashgan. Bunyodkor shoh koʻchasidagi Avtovokzal koʻchadan qariyb 12 km masofada joylashgan. Aeroport esa taxminan 8 km masofada joylashgan.
Galereya
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org