Usmon Nosir




Usmon Nosir (1912–1944) – XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir.

Bolaligi



Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻildi. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi.

Taʼlimi



Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi.

Qatagʻon



1937-yil 13-iyulda shoir „xalq dushmani“ sifatida hibsga olinib, 58-modda bilan sudlanadi va avval Zlatoust qamoqxonasiga, soʻngra Vladivostok va Magadan lagerlariga joylashtiriladi. 1943-yilda Kemerovo viloyatining Mariinskiy tumanidagi lagerga yuboriladi.

1940-yil 20-avgustda Usmon Nosir Magadan qamoqxonasidan Iosif Stalin nomiga ariza yuboradi va unda u uning „ishini“ qayta koʻrib chiqishni soʻraydi. Bu ariza Iosif Stalin, Lavrentiy Beriya tomonidan koʻrib chiqildi va ular tomonidan maʼqullandi. Oʻzbekiston rahbari Nosirov Usmon „ishini“ qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida buyruq oladi. 1944-yil oxiriga kelib komissiya tuzilib, Usmon Nosir begunoh deb topiladi va reabilitatsiya qilinadi.

Vafoti



Ammo shoir reabilitatsiya qilingunga qadar yashamadi. U 1944-yil 9-martda vafot etadi va 15-martda Kemerovo viloyatida yashovchi A. M. Sirota tomonidan Suslovo qishlogʻi (hozirgi Pervomayskoye qishlogʻi) qabristoniga dafn qilinadi.

Har yili Kemerovo viloyatining Kemerovo shahrida shoir xotirasiga bagʻishlangan adabiy oʻqishlar boʻlib oʻtadi. U yerda Usmon Nosirning uy-muzeyi mavjud boʻlib, unda shoirning sheʼrlari oʻqiladi. Yana u yerda Usmon Nosirga haykal ham oʻrnatilgan.

2003-yilda atoqli oʻzbek shoiri va dramaturgi Usmon Nosir tavalludining 90 yilligi, 2022-yilda esa 110 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi.

Ijodi



Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat“ (1932), „Safarbar satrlar“ (1932), „Traktorobod“ (1934), „Yurak“ (1935), „Mehrim“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Norboʻta“ (1932) va „Naxshon“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning:

singari misralari bunga misoldir. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni bor boʻyicha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi. Milliy sheʼriyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qoliplarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir boʻldi. Shoirning oʻz tuygʻularini:

tarzida tasvirlashi miqyosi, koʻlami va taʼsirchanligiga koʻra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: „Ilhomimning vaqti yoʻq selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob“ shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir.

Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „Yurak“, „Nil va Rim“, „Monolog“, „Nasimaga deganim“, „Yana she'rimga“, „Begona“, „Yoshlik“ singari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan.

Nomini abadiylashtirish




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz