Usmon ibn Umar Qatavoniy




Usmon ibn Umar Qatavoniy  — (XI—XII asrlar) muhaddis. Toʻliq ismi Abu Umar Usmon ibn Umar ibn Husayn ibn Ali ibn Amr Qatavoniy Samarqandiy.

Hayoti va faoliyati



Usmon ibn Umar Qatavoniy Ustrushaning Qatavon qishlogʻida tavallud topgan boʻlib, dastlabki ilmlarini shu yerda olgan. Keyinchalik ilm talabida Samarqandga keladi va shu yerda muqim qolib yashay boshlaydi. Muhaddis Usmon ibn Umar Qatavoniy Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad Samarqandiy kabi olimlardan koʻplab hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti



Usmon ibn Umar Qatavoniy hijriy 514-yil (milodiy 1120-yilda) Samarqandda vafot etgan. Oʻsha yerdagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyotlar



Atayev M., «Jizzax allomalari», 88-bet.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz