Usmon i




Usmon I , Usmon Gʻoziy , Usmonbey (1258, Sogʻut; Eskishahar yaqinida – 1323/24, Bursa) – turk sultoni (1299—1323), Usmonlilar sulolasi va Usmonli turk davlatining asoschisi.

Harbiy sarkarda va urugʻ boshligʻi oilasida tugʻilgan. Otasidan harbiy ishni puxta oʻrgangan. 1281-yilda otasi Ertugʻruldan saljuqiylarning Koʻniya sultonligida qarashli shimoli-gʻarbiy chegara hududidagi mulkga ega boʻldi. Bu paytda Koʻniya sultonligi tanazzulga uchrab, bir necha bekliklarga boʻlingan edi. 1289-yili Usmon I ning bey (bek) (arabcha: amir) unvoni Koʻniya sultoni tomonidan eʼtirof etilib, unga hokimiyat ramzi – nogʻora va bunchuk berilgan. 1291-yilda Usmon I Melangiyani zabt etgan va poytaxt (qarorgoh)ni bu yerga koʻchirgan.

1299-yildan U. I mustaqil beklik (beylik) hukmdori. Aynan ushbu yildan yangi mustaqil turkiy davlat tashkil topganligi tarixchilar tomonidan eʼtirof qilinadi. Keyinchalik bu beylik oʻz asoschisining nomi bilan Usmon beyligi (bekligi), Usmonlilar davlati deb atalgan. Usmonli turk imperiyasi xam shu nomdan olingan. Usmon I yunonlardan Yor Hisor qalʼasini ham tortib olgan (1299). Usmon I gʻarbda – Vizantiya imperiyasi yerlarini zabt etish evaziga oʻz davlati hududini tobora kengaytirib borgan. Bursani qamal qilib, uning atroflarini egallagan. U. I va uning vorisi (oʻgli) – Oʻrhan turkiy qabilalar boshliqlarining qurultoyida beklarbegi (bey) – hukmdorlik unvoniga sazovor boʻlgan. U. I davrida oʻgʻuz turklarining qay urugʻi, keyinchalik Usmonli turk sultonligidagi xalklar usmonlilar deb atalgan. U. I Bursada dafn etilgan. Undan 2 oʻgʻil: Alouddin va Oʻrhan qolgan.

Adabiyotlar




Andoza:Taxt uchun kurashgan Usmoniy shahzodalakr

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Usmon — o‘zbek tilida keng tarqalgan erkak ismi bo‘lib, ko‘plab madaniy va tarixiy ahamiyatga ega. Bu ism arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, "yaxshi, halol" yoki "husnli" ma'nolarini bildiradi. Ism ko‘pincha musulmonlar orasida qo‘llaniladi, chunki u tarixiy shaxs — Islomning uchinchi xalifasi Hazrati Usmon ibn Affon nomi bilan bog‘liq. Hazrati Usmon iymoni, ilm-fani va adolatga bo‘lgan eʼtibori bilan mashhur bo‘lgan.

O‘zbek madaniyatida Usmon ismi ko‘p avlodlar davomida qo‘llanilib, uni berish nafaqat diniy, balki ijobiy xislatlarni ifodalovchi ism sifatida ham qadrlanadi. Ushbu ismga ega shaxslar ko‘pincha jiddiy, ishonchli va mas'uliyatli bo‘lishlari bilan ajralib turadi.

Agar siz "Usmon i" bilan bog‘liq konkret ma'lumot yoki boshqa sohada ma'lumot so‘rayotgan bo‘lsangiz, iltimos, aniqroq savol bilan murojaat qiling, men yordam berishdan mamnun bo‘laman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz