Usmon Gʻoziy
Usmon Gʻoziy Afgʻoniston va Pokistonda joylashgan Oʻzbekiston islomiy harakati jangari guruhining amiri boʻlgan. Ushbu harakat yetakchisi Usmon Odil dronlar hujumida vafot etgach, Usmon Gʻoziy uning oʻrniga oʻrinbosar etib tayinlanadi.
Tarixi
Tolibon Muhammad Umarning oʻlimini ikki yildan ortiq muddat davomida yashirib kelganini tan olganidan bir necha hafta oldin, Gʻoziy Tolibon yetakchisi mavqeini shubha ostiga oladi va Iroq va Shom Islom Davlatini maqtab bayonot beradi. Gʻoziy Tolibonning tan olinishiga hamma vaqt shubha bilan qarashga oʻzini haqli deb hisoblagan. 2015-yil 6-avgust kuni Oʻzbekiston islomoy harakati rahbari Usmon Gʻoziy va ushbu harakatning koʻplab jangarilari Abu Bakr al-Bagʻdodiyga qasamyod qilayotgani aks etgan videoni eʼlon qilinadi. Usmon Gʻoziy va Oʻzbekiston islomiy harakati rahbar Abu Bakr al-Bagʻdodiyga rasman bay’at qiladi va yangi tashkil topgan Xuroson viloyati bilan birlashadi.
Uning guruhi Karachidagi aeroportga hujum qilganidan keyin Pokiston armiyasi Oʻzbekiston islomiy harakati va boshqa Tolibon guruhlarini siqib chiqarish maqsadida Shimoliy Vaziristonda „Zarb-e-Azb“ operatsiyasini boshlaydi.
Koʻplab guruhlar Oʻzbekiston islomiy harakati rahbari Usmon Gʻoziy bilan birgalikda Afgʻonistonga oʻtadi. Gʻoziy birmuncha vaqt Afgʻonistonning Zobul viloyatida mulla Mansur Dadulloh yonidagi qoʻriqxonada boʻladi. Mansur Dadulloh Mulla Umar oʻlimidan soʻng paydo boʻlgan Tolibon rahbariyatiga qattiq qarshilik koʻrsatadi.
Afgʻoniston va Tolibon harakati bilan jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelganidan soʻng, 2015-yil oxirida Mansur va Usmon Gʻoziyning qoʻshma bazasiga bosqin uyushtirilib, Mansurning barcha boʻlinmalari, jumladan, Oʻzbekiston islomiy harakati rahbari Usmon Gʻoziy ham oʻldirilgani xabar qilinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org