Usmon alimov




Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov (1950-yil 1-yanvar, Ishtixon tumani – 2021-yil 15-avgust) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (2006—2021), muftiy.

Biografiyasi



1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni oʻsha tuman 57-oʻrta umumtaʼlim maktabida olgan.

1987-yilda Toshkent islom institutini tamomlagan.

1987-2000 - Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidi imom-xatibi.

2000-2006-yillarda Payariq tumani bosh imom-xatibi, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ish yuritgan.

2006-yil yanvarda Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi bosh muftiyi etib saylangan.

2020-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan

2021-yil 15-avgustda vafot etgan. Ishtixon tumanida dafn etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz