Usmat




Oʻsmat  — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi shaharcha (1994-yildan), tuman markazi. Viloyat markazi (Jizzax) dan 70 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Gʻallaorol (45 km). Aholisi 10,5 ming kishi (2004).

Abu Saʼd Abdulkarim Samʼoniyning „Kitob alansob“ („Nisbalar kitobi“) asarida (12-asr) Oʻsmatning nomi „Oʻsmand“ shaklida berilgan. Oʻsmatdan fiqhshunos Abul Fath Muhammad ibn Abdulhamid al Oʻsmandiy as Samarqandiy (12-asr), Abdullo Oʻsmatiy ibn Muhammad Yusuf Xalifa („SharhalIlyos“ asarini yozgan) yetishib chiqqan.

Oʻsmatda „Nurli quyosh“ agroxizmat markazi, 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, iqtidorli bolalar litsey internati, avtokorxona, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi, dehqon bozori, sport majmuasi, „Motamsaro ona“Xotira xiyoboni, madaniyat uylari, markaziy kutubxona mavjud. Markaziy kasalxona, dorixona, qishloq vrachlik punkti, 20 savdo doʻkoni, 15 umumiy ovqatlanish korxonasi, 10 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 5 tegirmon faoliyat koʻrsatadi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz