Ushr
Ushr , ashur, ashar (arab.) —1) oʻndan bir ulush; 2) daromadning oʻndan biri hisobidan olinadigan soliq turi. Musulmon mamlakatlarida natura shaklida (baʼzan pul bn) undirilgan. U. soligʻi har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan. Dastlabki davrlarda sayyidlar, yirik musulmon ulamolari, shuningdek, ayrim amirlar hamda "islom lashkariga oʻz ixtiyori bilan taslim boʻlgan" hududlar aholisidan undirilgan. U. olingan yersuv "mulki ushuriya" deb atalgan. Turli davrlarda U. shakli mahalliy shartsharoitga koʻra oʻzgargan. Masalan, Usmonli turk saltanatida — iqtoʻ, dimos, oʻnli, oʻntalik, salariyʼa, Eron, Buxoro amirligi va boshqa joylarda — daxyak deb yuritilgan. Oʻrta asrlarda (qisman yangi davrda). U. miqdori ba/zan dehqon daromadining 10% dan yarmigacha qismini tashkil etgan. Keyinchalik yangicha daromad soligʻi joriy etila boshlagach, U. deyarli hamma joyda (1918 y. Jazoirda, 1925 y. Turkiyada, 1935 y. Tunisda) bekor kilingan. Ammo ayrim musulmon davlatlari (Saudiya Arabistoni, Yaman Arab Respublikasi va boshqalar)da hozir ham mavjud. Oʻrta Osiyoda 20-asr boshigacha boʻlgan.
uz.wikipedia.org