Ushoq Dard




Dard tutishi - tugʻruq boshlanganidan dalolat beradigan belgi; koʻzi yoriydigan ayol Korin pastida va bel sohasida maʼlum vaqt oraligʻida qaytaqayta takrorlanadigan va tobora kuchayadigan ogʻriq sezadi, bunda bachadon qisqarayotgan boʻladi. D. t. dastlab sust boʻlib, ancha vaqtdan keyin takrorlanadi, ayolni aytarli bezovta qilmasligi ham mumkin (ushoq dard). Keyinroq borib bachadon qisqarishlari muntazam takrorlanib turadi; bir qisqarish bilan ikkinchi qisqarish oʻrtasidagi davr kamayadi, har 5—6 min.da takrorlanib turadi va har bir qisqarish uzoqroq (30-40 sek.) davom etadi(chor dard). Dard tutganda bachadon boʻyni ochiladi, bu homilaning tugʻilishi uchun zarur shartlardan biri. D. t. - ixtiyordan tashqari boʻladi, ayol uni qaytara olmaydi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz