Ushna Shah
Ushna Shah -pokistonlik aktrisa. Faoliyartini 2013-yilda Mere Khwabon Ka Diyada boshlagan. Shahning eng muvaffaqiyatli roli „ Bashar Moʻmin 2014“ filmida boʻlgan. U Duaa (2015), Neelam Kinaray (2016), Thoda Sa Aasman (2016) va Ru Baru Ishq Tha (2018) kabi bir nechta seriallarda suratga tushgan.
U 2017-yilda " Alif Alloh Aur Insaan " psixologik dramasidagi roli uchun „Eng yaxshi salbiy roldagi aktrisa“ nominatsiyasida Xum mukofotiga va 2018 -ilda " Balaa " psixologik trilleri uchun Lux Style Awards’da „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga sazovor boʻlgan.
Shah Javad Bashirning „ Teri Meri Love Story“ filmi bilan katta ekrandagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Shah Pokistondagu birinchi onlayn komediya filmi Oye Kuch Kar Guzarda rol oʻynagan.
Shaxsiy hayot
Shah Lahorda tugʻilgan va Kanadada oʻsgan. U tele va radio rassomi Ismat Tohiraning qizi. Shah aktrisa Irsa Gʻazalning oʻgay singlisi.
Aktyorlik faoliyati
U oʻz faoliyatini 2014-yilda suratga olingan " Bashar Moʻmin " seriali, " Duaa " (2015) dramatik seriali va " Alif Alloh Aur Insaan " (2017) loyihalarida boshlagan. U Javad Bashirning " Teri Meri Love Story " filmida bosh qahramon Eesha rolini oʻynagan. U, shuningdek, D-juice Pakistan tomonidan suratga olingan birinchi onlayn Pokiston komediya filmi Oye Kuch Kar Guzarda rol oʻynagan. Shah Punjab Nahi Jaungi filmida rol oʻynagan.
U Nickie Nina moda yorligʻining brend elchisi boʻlgan va Jahanara kabi turli rendlari uchun modellik qilgan.
Filmografiya
Televizion
Manbalar
uz.wikipedia.org