Usa (daryo)
Usa — Rossiya Yevropa kismining shim.sharqidagi daryo (Komi Respublikasida), Pechoraning oʻng irmogʻi. Uz. 565 km, havzasining maydoni 93,6 ming km². Qutbiy Ural togʻlarining shim.gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 1310 m³/sek. Kor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oktabrda muzlab, may — iyunda muzdan boʻshaydi. Yogoch okiziladi. Kuyilish joyidan 325 km da kema katnaydi. Pristanlari: Abez, Petrun, Makarixa, UstUsa. U. havzasida toshkoʻmir koni (Pechora koʻmir havzasi) bor.
uz.wikipedia.org