Us Tausmon




Usmon Zufarov , (1892 — Toshkent — 1981.7.8) — sharq musiqa asboblari ustasi, oʻymakor naq-qosh. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1942). 1906—12 yillarda usta Toshdan hunar oʻrgangan. 1912-yildan mustaqil usta. 1927-yildan Oʻzbekiston radio qoʻmitasida, 1929-yildan Toshkent hunarmandlik uyushmasi qoshida-gi artelda, Sanʼatshunoslik instituti milliy musiqa asboblarini mukammallashtirish tajriba laboratoriya da (1934— 36 va 1943—46), Oʻzbek davlat filar-moniyasida (1936—43) ishlagan. Z. oʻzbek cholgʻu asboblarini yasash, takomillash-tirish va bezashda oʻziga xos uslub yaratgan. U yasagan va bezagan milliy cholgʻu asboblari (tanbur, dutor, sato va b.) maxsus koʻrgazmalarda namoyish etilgan (1937, 1959). 60-yillardan 3 boʻlakli (yigʻma) tanbur, dutor va satolari keng tarqalgan, shuningdek, ud, skripka, qozoq va qirgʻiz qoʻbizi (qil qoʻbiz), qozoq doʻmbirasi, afgʻon rubobi, ispan banjosi va b. ni ham yasagan hamda qadama naqshlar bilan bezagan. Ijodidan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan. Z. ijodi haqida "Kuylovchi yogʻoch" telefilmi yaratilgan (1978). Toshkentdagi Z. yashagan kuchaga uning nomi berilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz