Urush kaptari
Uy kabutarlari uzoq oʻtmishdan beri urushda muhim rol oʻynab kelmoqda. Ular oʻz uyini topib borish qobiliyati, tezligi va baland uchish qobilyati tufayli koʻpincha harbiy xabarchilar sifatida foydalaniladi. Racing Homer zotining tashuvchi kaptarlari Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida xabarlarni tashish uchun ishlatilgan. 32 ta tashuvchi kaptar Dikkin medali bilan taqdirlangan.
Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi davrida tashuvchi kabutarlar xabarlarni oʻz uylariga tashish uchun ishlatilgan. Ular uylariga kelib qoʻnganda simlarga oʻrnatilgan qoʻngʻiroqlar chalingan va Signal Corps askariga xabar kelganini bildirgan. Askar shirkatga borib, kanistrdagi xabarni olib tashlab, telegraf, dala telefoni yoki shaxsiy xabarchi orqali kerakli manzilga jo‘natagan.
Xabar tashuvchi kaptarlarning ishi xavfli edi. Yaqin atrofdagi dushman askarlari qoʻyib yuborilgan qushlar muhim xabarlarni olib ketayotganini bilib, koʻpincha kaptarlarni otib tushirishga harakat qilishgan. Bu kaptarlarning baʼzilari oʻzlari ishlagan boʻlinma askarlari orasida juda mashhur boʻlishgan. „The Mocker“ deb nomlangan kaptar yaralanishidan oldin 52 ta missiyani bajargan. " Cher Ami " laqabli boshqa qush oyogʻi va bir koʻzidan ayrilgan, ammo u xabarni kerakli joyga yetkaza olgan. U oʻrab olingan amerikalik piyoda askarlarining katta guruhini qutqarib qolgan.
Tarix
Radio paydo boʻlishidan oldin, tashuvchi kaptarlar tez-tez jang maydonida shtab-kvartira bilan aloqa qilish vositasi sifatida ishlatilgan. Miloddan avvalgi 6-asrda Fors shohi Kir oʻz imperiyasining turli qismlari bilan aloqa qilish uchun tashuvchi kaptarlardan foydalangan. Qadimgi Rimda Julius Caesar Galliya hududiga xabar yuborish uchun kaptarlardan foydalangan.
19-asrda (1870-71) Fransiya-Prussiya urushi paytida qamal qilingan parijliklar shahar tashqarisiga xabarlarni uzatish uchun tashuvchi kaptarlardan foydalanganlar. Bunga qarshi, Prussiya armiyasi kaptarlarni ovlash uchun qirgʻiylarni ishga solishgan. Fransuz harbiylari havo sharlari yordamida kabutarlarni dushman chizigʻi yonidan olib oʻtishgan. Toʻrt oylik qamal paytida bir milliondan ortiq turli xil xabarlar shu yoʻl bilan oʻz manziliga yetkazilgan.
Birinchi jahon urushi
Homing zoti kabutarlar Birinchi jahon urushi davrida keng qoʻllanilgan. 1914-yilda Marna boʻylab birinchi jang paytida fransuz armiyasi qoʻshinlari 72 ta xabarchi kaptardan foydalangan.
AQSh armiyasi signal korpusi faqat Fransiyaning oʻzida 600 ta kaptardan foydalangan.
Ularning kabutarlaridan biri, Cher Ami Verdun jangi paytida 12 ta muhim xabarni yetkazgan qahramonona xizmatlari uchun fransuz " Kruva de Guerre " mukofotiga sazovor boʻlgan. 1918-yil oktabr oyida oʻzining soʻnggi missiyasida u koʻkragi va qanotidan oʻqqa tutilganiga qaramay, xabarni manzilga yetkazib kelgan. Uning singan oyogʻdagi boylamga osilgan kapsuladan topilgan muhim xabar 77-piyoda diviziyasining " Yoʻqolgan batalyon " ning 194 nafar amerikalik askarini qutqarib qolgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-dengiz kuchlari uchuvchilari urush tugagandan soʻng Fransiyada jami 1508 ta kaptarni oʻz ichiga olgan 12 ta kaptar stansiyasini saqlab qolishgan. Urush keyayotgan hududlarga kaptarlarni samalyotlar orqali tashishgan.
AQShning birinchi samolyot tashuvchisi Langli 1922-yil 20-martda foydalanishga topshirilgan. Kemaning orqa tomonida kaptarlar uyi bor edi. Kabutarlar Norfolk dengiz kemasozlik zavodida Lengli konvertatsiya qilinayotgan paytda oʻqitilgan.
Ikkinchi jahon urushi
Ikkinchi Jahon urushi paytida Birlashgan Qirollik 250 000 ga yaqin kabutarlardan koʻp maqsadlarda, shu jumladan Jozef Raskin kabi dushman chizigʻi orqasida boʻlgan josuslar bilan aloqa qilishda foydalangan. Hayvonlarga jasorati uchun berilishi mumkin boʻlgan eng yuqori mukofot, Dikkin medali urushda ishtirok etgan 32 ta kaptarga, shu jumladan Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining kaptar xizmatining GI Jou va Irlandiyalik kaptar Peddiga topshirilgan.
Buyuk Britaniya Ikkinchi Jahon urushi paytida va undan keyin bir muncha vaqt havo vazirligida kaptar boʻlimini saqlab qolgan. Kaptarlardan harbiy sharoitlarda foydalanish boʻyicha qarorlar qabul qilingan. Boʻlim boshligʻi Lea Rayner 1945-yilda kabutarlar kichik portlovchi moddalar yoki bioqurollarni aniq nishonlarga etkazish uchun oʻrgatilgan boʻlishi mumkinligini aytgan. Gʻoya qoʻmita tomonidan qabul qilinmagan va 1948-yilda Buyuk Britaniya harbiylari kaptarlardan boshqa foydalanishga hojat yoʻqligini taʼkidlagan. Urushda ishtirok etgan xabarchi kaptarlar davlat tomonidan ajratilgan, makkajoʻxori va urugʻdan iborat ozuqa bilan taʼminlangan, biroq keyinchalik bu qaror bekor qilingan. Biroq, Buyuk Britaniya xavfsizlik xizmati MI5 hali ham dushman kuchlari kaptarlardan foydalanishdan xavotirda edi. 1950-yilgacha ular har qanday vaziyatga tayyorgarlik koʻrish uchun 100 ta qushni kaptar sevuvchisi tomonidan boqishni tashkil qilishgan. Shveytsariya armiyasi 1996-yilda Kabutarlar qismini tarqatib yuborgan.
21-asr
2010-yilda Hindiston politsiyasi yaqinda Pokiston chegarasida qo‘lga olingan kaptar Pokistondan xabar olib kelgan bo‘lishi mumkinligiga shubha bildirgan. 2015-yilda Pokistonlik kaptar Hindistonga „aygʻoqchi“ sifatida kiritilgan. 2020-yil may oyida Hindiston xavfsizlik kuchlari tomonidan Jammu va Kashmirda Pokiston josusi sifatida gumon qilingan yana bir kaptar qo‘lga olingan. Shubhali hech narsa topilmaganligi sababli, Hindiston hukumati kaptarni Pokistonga qaytarib yuborgan.
2016-yilda Iordaniya chegara harbiylaridan biri matbuot anjumanida „ Islomiy davlat“ jangarilari o‘zining „xalifaligi“ hududidan tashqariga xabarlarni yetkazish uchun kabutarlardan foydalanayotganini aytgan.
Mukofotlangan urush kaptarlari
Hammasi boʻlib 32 ta kaptar Dikkin medali bilan taqdirlangan, jumladan
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org