Urugvay (daryo)




Urugvay (ispancha: Río Uruguay) — Janubiy Amerikadagi daryo, yuqori oqimi Braziliya hududida, qolgan qismi Argentinaning Braziliya va Urugvay bilan boʻlgan chegarasidan oqadi. Gelotas va Kanoas daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Atlantika okeanining LaPlata qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 2200 km, havzasining maydoni 307 ming km². Asosiy irmogi — RioNegro. Yuqori va oʻrta oqimida Braziliya yassitogʻligidan oqadi. Seroyetona, sharshara koʻp. Oʻrtacha suv sarfi 550 m³/sek. Yirik gidrouzel qurilgan. Paysandu shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Yirik shahar va portlari: Konkordiya (Argentina), Salto, Paysandu, FrayBentos (Urugvay).

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz