Urugʻni Skarifikatsiyalash




Skarifikatsiya (lot. scarifi co tirnayman, tilaman), urugʻni skarifikatsiyalash — unib chiqishini tezlashtirish maqsadida qobigʻi qattiq urugʻlar poʻstini mexanik shikastlash yoki yumshatish. Asosan dukkakdoshlarga mansub oʻtlar urugʻi, daraxt va butalarning suv oʻtkazmaydigan qobiqli urugʻlari S. qilinadi. Skarifikator mashinalarda bajariladi, ayrim urugʻlarga kuchli oltingugurt kislotasi bilan yoki boshqacha usullarda ishlov beriladi (mas, polizchilikda qovun, qovoq, tarvuz urugʻlari, paxtachilikda chigit unishini yaxshilash uchun ekish oldidan ivitiladi, namlanadi). S. ekishga qadar bir oy yoki undan kamroq qolganda oʻtkaziladi, chunki urugʻ qobigʻi shikastlangandan yoki yumshagandan keyingi davr ularning hayot faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz