Urug‘
Urugʻ — bir ajdoddan tarqalib, umumiy bir nom bilan ataluvchi qonqarindoshlik jamoasi. Qarindoshlik hisobi ona (ona U.) yoki ota (ota U.) boʻyicha olib borilgan. U yukrri va quyi paleolit davrlari oraligida paydo boʻlgan. U.lar qabilalarga birlashgan. Jamiyatda tabaqalanishning paydo boʻlishi bilan boʻlinib ketgan. Urugʻ — qabilalarga boʻlinish qoldikdari koʻp xalqlarda saqlanib qolgan.
Oʻrta Osiyo xalklari koʻpgina qabila va Oʻ.larga boʻlingan. Mas, uzbeklar 92 dan ortiq, turkmanlar 100 dan ortiq, qozoklar 300 dan ortiq qabilalar va U.larga, ular esa yana bir necha U.chalarga bulingan. U.lar kupincha yashagan geografik joylari va i.ch. turlarining nomlanishi bilan atalgan. Turkiy xalqlar tarkibiga barlos, qiyot, qushchi, qungʻirot, uyshun, nayman, chimboy, qarluq, kenagas, doʻrmon, mangʻit, nukuz, uygʻur, xitoy, toymas, qipchoq, tuman, ming va boshqa U.lar kir’gan.
uz.wikipedia.org