Ursol kislota




Ursol kislota , S29N46(ON)SOON — triterpenlar sinfiga oid organik kislota, oq kristall modda. Mol. m. 456,37, suyuqlanish temperaturasi 112°. Suvda erimaydi, spirt, xloroform va boshqa qutblangan organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ursol kislota olma mevalarining chiqindilaridan (quritilgan poʻchogʻidan) Sosklet apparatida spirt bilan ekstratsiyalab olinadi. Klyukva turupi (chiqindisi)ni xloroform bilan ekstraksiyalab ham Ursol kislotani ajratib olish mumkin. Ursol kislota biologik faol modda, yurakni oziklantiradigan vena qon tomirlarini kengaytirib, natriy ionlarini saqlab qolish xususiyatiga ega; virusga va yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Ursol kislotaning metil efiri — emulgator.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz