Urologiya




Urologiya (uro… va … logiya) — klinik tibbiyot sohasi; siydik aʼzolari sistemasi, jinsiy aʼzolar kasalliklarini, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganadi, shuningdek, bu kasalliklar diagnostikasi, davosi hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi.

U. 20-asrda xirurgiyad&n mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Urologik kasalliklar kadimdan maʼlum. Abu Ali ibn Sino qovukdagi toshlarni tushirish sirasrorlarini bilgan. Lekin ilmiy U. 19-asrda shakllandi. 1869-yilda G. Simon (Angliya) birinchi marta siydik nayini kateterlash, kasallangan buyrakni operatsiya yoʻli bilan olib tashlashga muvaffaqboʻldi. Fransiyalik F. J. Gyuyon, L. Mersye, J. Albarran; angliyalik G. Tompson, P. Freyer; avstriyalik L. Dittel U.ning rivojiga munosib hissa koʻshdilar. U.ning rivoji, asosan, sistoskopiya va rentgen nurlari orqali tekshirish usullarining kashf etilishi bilan bogʻliq. 20-asr da diagnostika va davolashning yangi usullari — xromotsistoskopiya (F.Felker va E. Iozef, Germaniya, 1903), retrograd piyelografiya (A. Lixtenberg va F. Felker, Germaniya, 1906), ekskretor urografiya (M. Svik, A. Lixtenberg, Germaniya. 1929) va boshqa ishlab chikildi. Buyrak yetishmovchiligida gollandiyalik olim V. Kolf klinikada birinchi marta sunʼiy buyrak ishlatdi (1944).

Oʻzbekistonda U.ning rivoji 1924-yilda Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot ftida urologiya kafedrasi hamda 25 oʻrinli urologiya klinikasi tashkil etilishi bilan bogʻliq. 60—70-yillarda radiologik, angiografik, urodinamik, kompyuter tomografik tekshiruvlarning amaliyotga kirib kelishi bilan U.da jarroxlik usullari takomillashdi; TUR, perkutan operatsiyalar, buyrak toshlarini masofadan parchalash yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi kunda laparoskopik operatsiyalar (qarang Laparoskopiya) keng qoʻllanmoqda. Bunda O. M. Muxtorov, I. P. Pogorelko, T. N. Pozdnyakova, D. L. Arustamov va boshqalarning hissasi katta boʻldi.

Toshkentdagi U. klinikasi asosida 1990-yil Respublika urologiya ilmiy markazi tashkil etildi, 2002-yilda u Respublika ixtisoslashgan urologiya markaziga aylantirildi. 1932-yildan Tashkent Vrachlar malakasini oshirish institutida urologiya kafedrasi va klinikasi faoliyat koʻrsatmoqsa. 1997-yil klinika qoshida Toshkent sh. urologiya markazi tashkil etildi, unda Oʻzbekiston Respublikasi viloyat hamda tuman shifoxonalarida U. boʻlimlarini ochish, ularni malakali kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlash ishlari amalga oshiriladi.

Respublika klinikalarida urologik kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda ultratovushli skenirlash, ularning endoskopik va rentgenologik apparatlar, tashqi toʻlqin yordamida buyrak va siydik yoʻli toshlarini maydalash dastgoxlari bilan jihozlanishi U. sohasining jahon talablari darajasiga koʻtarilishiga imkon berdi. Yirik kasalxonalar tarkibida nefrologiya boʻlimlari va markazlarining tashkil etilishi tufayli oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan bogʻliqtadqiqotlar rivojlandi. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligida „sunʼiy buyrak“ apparati yordamida qonni tozalash (gemodializ) usuli ishlab chiqildi.

Soʻnggi yillarda Respublikamizda shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda viloyat markaziy shifoxonalari qoshida U. boʻlimlarining ochilishi Oʻzbekistonda U.ning rivojlanishida muhim bosqich boʻldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz