Uroš Đurđević




Uroš Đurđević (talaffuzi: Urosh Jurjevich; 1994-yil 2-martda Belgradda tugʻilgan) — Ispaniyaning „Sporting“ futbol klubi va Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Uroš Đurđević — „Rad“ futbol klubi bitiruvchisi. 2011-yil 28-avgustda Sloboda Tuzla futbol klubiga qarshi oʻyinda u jamoa safida Serbiya chempionatida debyut qildi. 2012-yil 17-noyabr kuni „Hajduk“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Uroš Đurđević o‘zining birinchi golini urdi. Birinchi mavsumida u toʻqqizta gol urdi, bu „Partizan“ va Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klublari eʼtiborini tortdi.

2014-yilda Uroš Đurđević Gollandiyaning „Vitesse“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 7-fevral kuni „ADO Den Haag“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Lukas Piazon oʻrniga Erediviziyada debyut qildi. 2015-yilning avgustida „Vitesse“ futbol klubi Uroš Đurđević bilan shartnomani bekor qildi.

2015-yilning yozida Uroš Đurđević erkin agent sifatida Italiyaning „Palermo“ futboo klubiga oʻtdi. 13-sentabr kuni „Carpi“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Uroš Đurđević ikkinchi boʻlimda Alberto Gilardino oʻrniga maydonga tushib, Italiya A seriyasida debyut qildi. Oʻsha uchrashuvda Uroš Đurđević „Palermo“ futbol klubi tarkibidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2013-yilda Uroš Đurđević yoshlar terma jamoasi tarkibida Latviyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Turkiya, Gruziya, Portugaliya va ikki marta Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Yarim finalda portugaliyaliklarga qarshi o‘yinda Uroš Đurđević gollardan birini kiritgan.

2017-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Uroš Đurđevićyoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Makedoniya, Portugaliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Makedoniyaliklarga qarshi kechgan bahsda Uroš Đurđević gol urdi.

2021-yilning 7-martida u Chernogoriya terma jamoasi safida ilk bor bosh murabbiy Miodrag Radulovich tomonidan JCh—2022 saralash bosqichi doirasida Latviya, Gibraltar va Norvegiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etish uchun chaqirildi. 2021-yilning 24-mart kuni Chernogoriya terma jamoasi safida 2022-yilgi jahon chempionati saralash turniri 1-bosqichi doirasidagi safarda Latviya terma jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Statistika




Eslatmalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz