Urganch universiteti
Koordinatalari: 41°33′26.100000000012″N 60°36′20.289599999989″E / 41.55725000000000335°N 60.60563599999999695°E / 41.55725000000000335; 60.60563599999999695 G O
Urganch davlat universiteti — Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi. Xorazm viloyati, 1942-yil iyulda Urganch shahrida toʻliqsiz oliy maʼlumotli oʻqituvchilar tayyorlash instituti sifatida tashkil etilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Urganch Davlat Universiteti maqomi berilgan.
Universitet tarixi
Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat koʻrsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1-sentabr 1942-yilda toʻliqsiz oliy maʼlumotli oʻqituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan „PF-356“.
. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991-yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan.
Faoliyati
Universitet tarkibida 10 fakultet, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, akademik litsey, 33 kafedra, Maʼnaviyat va maʼrifat, Xalqaro aloqalar, noshirlik, magistratura boʻlimlari, Axborot texnologiyalari markazlari, 18 ta oʻquv laboratoriya xonalari, „Ijodkor“, „Texnolog“, „Rassomlik“ oʻquv ustaxonalari, Sport majmuasi bor; Axborot Resurs markazida 170 mingdan ortiq asar saqlanadi (2015). Universitetda 45 ta yoʻnalish [tarix, iqtisodiyot (makroiqtisodiyot), kasbiy pedagogik tayyorgarlik (buxgalteriya hisobi va audit), boshlangich taʼlim va tarbiyaviy ish, chizmachilik, tasviriy va amaliy sanʼat, manzarali amaliy sanʼat va xalq hunarmandchiligi, ped. va psixologiya, musiqa taʼlimi va estetik tarbiya, kasbiy taʼlim (mehnat taʼlimi), mat., amaliy mat. va informatika, axborot va axborot texnologiyasi, fizika, geogr., kimyo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, meʼmorlik, romangerman filol.si va boshqa] boʻyicha bakalavrlar, 16 ixtisoslik [lingvistika (oʻzbek tili, nemis tili, ingliz tili), adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti, rus adabiyoti), umumiy tarix, matematik tax, lil, differensial tenglamalar, bioekologiya, iqtisodiy va ijtimoiy geogr., makroiqtisodiyot va boshqa] boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. 2015/16 oʻquv-yili universitetda 6950 talaba taʼlim olmoqda, 112 magistr, 8 doktorant ilmiy faoliyat olib bormoqda, 480 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan, 1 ta Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, 21 fan doktorlari, 240 ga yaqin fan nomzodi va dotsent ishlamoqda. Universitet bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli Universitet va institutlari bilan hamkorlik qiladi. Tashkil boʻlgandan beri 40 mingga yaqin mutaxassis tayyorladi. Universitetda 2001-yildan „Ilm sarchashmalari“ jurnali, „Xorazm yoshlari“ gazetasi nashr etiladi.
Fakultetlar
Xorijiy talabalar
Urganch davlat universitetida xorijiy fuqarolarni ta’lim jarayoniga jalb etish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda Urganch davlat universitetida jami 1185 nafar xorijiy fuqarolar tahsil olayotgan boʻlib, ulardan 3 nafari Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, qolgan talabalarni Turkmaniston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi. Xususan, ta’limning kunduzgi boʻlimida 1019 nafar, sirtqi boʻlimida 100 nafar, ikkinchi mutaxassilik boʻyicha 2 nafar va magistratura boʻlimida 1 nafar xorijlik talabalar tahsil oladi. Shuningdek, universitet qoshida xorijiy fuqarolar uchun “Til oʻrganish” markazi tashkil etilgan boʻlib, markazda 2018-yil 29 nafar, 2019-yil 37 nafar Turkmaniston fuqarolari ingliz tili boʻyicha til kurslarini tugatdilar.Urganch davlat universitetida xorijiy fuqarolarni ta’lim jarayoniga jalb etish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda Urganch davlat universitetida jami 1185 nafar xorijiy fuqarolar tahsil olayotgan boʻlib, ulardan 3 nafari Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, qolgan talabalarni Turkmaniston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi. Xususan, ta’limning kunduzgi boʻlimida 1019 nafar, sirtqi boʻlimida 100 nafar, ikkinchi mutaxassilik boʻyicha 2 nafar va magistratura boʻlimida 1 nafar xorijlik talabalar tahsil oladi. Shuningdek, universitet qoshida xorijiy fuqarolar uchun “Til oʻrganish” markazi tashkil etilgan boʻlib, markazda 2018-yil 29 nafar, 2019-yil 37 nafar Turkmaniston fuqarolari ingliz tili boʻyicha til kurslarini tugatdilar.
Manbalar
uz.wikipedia.org