Urethekau




Urethekau  — qadimgi Misr mifologiyasida gʻayritabiiy kuchlar timsoli kobra-maʼbuda. Maʼbuda nomi „buyuk afsungar“ yoki „buyuk sehrgar“ deb tarjima qilinadi.

Mifologiya



Himoya ramzi boʻlgan iloh sifatida u, koʻpincha, dafn marosimi buyumlarida, masalan, marhum oʻzini yerosti dunyosi xavf-xatarlaridan himoyalashi uchun qurol-yarogʻlarda tasvirlangan. Uning tasvirlari ayollar va emizikli onalarni himoya qiluvchi amulet boʻlgan fil suyagidan yasalgan pichoqlarda ham uchraydi.

Urethekau Misr tojdorlarining ilohiy kuchi timsoli hisoblangan. Tojdorlar maʼbudasi sifatida u ibodatxonada istiqomat qiluvchi ilon yoki sher boshli ayol boʻlgan. U Ra-Xoraxtining rafiqasi sifatida paydo boʻlganida, boshi tepasida quyosh diski bilan tasvirlangan. Maʼbudani, koʻpincha, Isida, Sehmet, Mut va boshqa maʼbudalar bilan tenglashtirilgan epitetlar mavjud.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz