Urasoe
Urasoe (yaponcha: 浦添市 Urasoe-shi?, Okinawan: Urashii) Yaponiyaning Okinawa prefekturasida joylashgan shahar. Qoʻshni munitsipalitetlari: janubda Naha, shimolda Ginowan va sharqda Nishihara. 2012-yil, noyabr holatida koʻra, shaharning aholisi taxminan 113,718 kishini tashkil qilgan va aholi zichligi 1 km² ga 5,956.9 kishi toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 19.09 km².
AQSh dengiz piyodalari korpusi bazasi Kamp Kinser shahar qirgʻogʻida joylashgan.
Etimologiyasi
„Urasoe“ nomi ikkita kanjidan (iyeroglif) iborat. Birinchisi, 浦, „sohil boʻyi hududi“, ikkinchisi, 添, „hukmronlik“ yoki „birlashuvchi“ degan maʼnoni anglatadi. Bu nom „koʻp yerlarda hukmronlik qilish“ degan maʼnoni anglatadi.
Geografiyasi
Urasoe Okinawa orolining janubida joylashgan. Urasoe shahrining sharq tomonlari notekis va tepaliklari koʻp, gʻarb tomoni esa Sharqiy Xitoy dengiziga qarab biroz qiyalashgan yerlardan iborat. Urasoe ilgari qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan boʻlsa-da, Naha prefekturasi poytaxtiga yaqinligi tufayli sezilarli darajada urbanizatsiyalashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlari
Transporti
Urasoe shahrida Naha aeroporti va Okinawa ekspress yoʻli faoliyat yuritadi. Shuningdek, shaharda Okinawa monorelsining (Yui temir yoʻli) uchta stansiyasi bor: Kyozuka, Urasoe-Maeda va Tedako-Uranishi.
Tarixi
Urasoe 14-asr oxiri yoki 15-asr boshlarida Shuri tomonidan siqib chiqarilgunga qadar bir necha asrlar davomida Okinawaning Chuzan qirolligining poytaxti boʻlgan. Okinawa orolining markaziy mintaqasida joylashgan Chuzan qirolligining birinchi taniqli qiroli Shunten (1166 – 1237), oʻgʻli va nabirasi singari Urasoedan turib hukmronlik qilgan. 14-asrda Urasoe qal’asi Okinawa orolining eng katta qal’asi hisoblangan. Qal’ada hozirda Ryukyu qirolligi qirollaridan qolgan bir nechta artefaktlar mavjud.
Urasoe Ikkinchi Jahon urushi oxirida 1945-yilda Okinawa jangi vaqtida butunlay vayron qilingan. Jang paytida aholining 45 foizi, yaʼni 4117 kishi halok boʻlgan. Urasoe qishloq idorasi 1946-yilda asosiy maʼmuriy funksiyalarni bajarish, qishloqqa qaytgan qochqinlarni joylashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlarini tiklash uchun qayta tashkil etilgan. Qishloq 1950-yilda qishloqning gʻarbiy qirgʻogʻida AQSh harbiylari soni sezilarli darajada oshganini koʻrdi, bu esa oxir-oqibat Kamp Kinserga aylandi. Urasoe aholisi 1956 yildan boshlab tez sur’atlar bilan koʻpaydi va bu davrda shahar Naxaning yotoqxona jamoasiga aylandi. Urasoe 1970 yil 1 iyulda shahar maqomiga koʻtarildi.
Iqtisodiyoti
Orion Breweries pivo kompaniyasining shtab-kvartirasi Urasoe shahrida joylashgan.
Taniqli odamlari
Urasoe shahri yapon aktrisasi, musiqachi va sobiq kumiri Yukie Nakamaning ona shahridir.
Manbalar
uz.wikipedia.org