Urang Azerbaijan




Ozarbayjonlar (ozarbayjoncha: Azərbaycanlılar) — xalq, Ozarbayjonning asosiy aholisi (8,172,800 kishi). Shuningdek, Eron (18,430 mln. kishi). Rossiya Federatsiyasi (621,800 — 1,500,000 kishi), Gruziya (307 ming kishi), Qozogʻiston (90 ming kishi), Armaniston va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Umumiy soni 17,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ozarbayjon tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, shia musulmonlar.

Ozarbayjonlar katta yevropeoid irqining janubiy irqiga mansub. Ozarbayjonlar etnogenezida qadim Mana (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1- yarmi), Kavkaz Albaniyasi (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmi — milodiy 10-asr), Midiya, Atropatena (miloddan avvalgi 4-asr — milodiy 7- a.) davlatlari aholisi qatnashgan. VII asrda arablar istilosidan soʻng Aderbeygon yoki Ozarbayjon nomini olgan. Miloddan avval 1-ming yillik — milodiy 1-ming yillik mobaynida eroniy va turkiyzabon qabilalar (skiflar, gunnlar, bulgʻorlar, bijanaklar va boshqalar) mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. Ozarbayjon etnik birligining shakllanishi, asosan, 11—13-asrlarda Ozarbayjonga yangi turkiy (oʻgʻuz) qabilalarining kirib kelishi natijasida yakunlangan.

Ozarbayjonlarning bir qismi sanoatda (ayniqsa, neft, gaz, asbobsozlik va boshqalar) va qishloq xoʻjaligida band. Qishloq aholisining anʼanaviy mash-gʻuloti — dehqonchilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, ipakchilik.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz