Uran (sayyora)




Uran (belgilari: va ) — Quyosh sistemasiga kiruvchi 9 ta sayyoradan biri; Quyoshdan uzoqligi boʻyicha 7sayyora. Astronomik belgisib . Quyoshdan uzoqligi 19,19 astronomik birlik (2872,0 mln. km)ga teng . Orbita ekssentrisiteta 0,047, orbitasining ekliptika tekisligiga ogʻishi 0,77°. Quyosh atrofida toʻla aylanish davri (siderik yoki yulduz aylanish davri) 30685 Yer sutkasiga (84,015 tropik yilga) teng . U.ning koʻrinma yulduz kattaligi 6t ga teng boʻlib, durbinda oson koʻrinadi. Juda kattalashtirib disk holida koʻrilganda unda hech qanday chiziq yoki dogʻ borligi sezilmaydi. U.ning ekvatorial diametri 52400 km yoki Yerning 3,98 diametriga teng . Massasi Yer massasidan 14,56 marta katta; oʻrtacha zichligi 1,22 g/sm3, oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 17,2 soat. U.ni V.Gershel 1781-yilda kashf qilgan. U. Quyoshdan ancha uzoq joylashgani uchun undan oladigan yorugʻlik va issiqlik Yerdagiga nisbatan 370 marta kam, biroq uning yorugʻlik qaytarish xususiyati sayyoralar orasida eng yuqori hisoblanadi. U.ning sferik albedosi 0,93 ga, geometrik albedosi 0,57 ga teng . U.ning ichki tuzilishini nazariy tekshirishdan shu narsa aniqlandiki, tashqi gaz qobigʻi vodorod (N2), neon (Ne) va metan (SN4) va ularning umumiy massasi sayyora toʻla massasining 10%ni, ichki qismining kupi suvdan iborat boʻlgan suyuq yadroni tashkil etadi. U.ning 10 dan ortiq yoʻldoshi maʼlum. Uning eng yorugʻ yoʻldoshlari — Titaniya va Oberonlarni 1787-yilda V. Gershel, kamroq yoroʻgʻlikdagi Ariyel va Umbriyelni 1851-yilda U. Laplas, Mirandani amerikalik astronom J. Koyper 1948-yilda topgan. 1977-yilda U.da halqalar borligi aniqlandi.

Yana qarang




Uran boʻlmaydigan sayyora u haqida yozma undan koʻra 2 ol

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz