Уралск
Oʻral - (qozoqcha: Орал) (1775-yilgacha Yoyiq shaqarchasi) — shahar, Qozogʻiston Respublikasi Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati markazi. Ural daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 218,2 ming kishi (2012).
Tarixi
16-asr oxirida Oreshnoye urochishchesi (maskani)da Yoyiq, kazaklari tomonidan Yoyiq shaharchasi istehkomi barpo qilindi. Noʻgʻay tatarlari tomonidan vayron qilinganidan keyin u 1613-yilda Yosh (Ural) daryosining quyi qismiga 50 km pastga hozirgi oʻrniga koʻchirildi. Yoyiq kazaklari Stepan Razin (1670—71), Yemelyan Pugachyov (1773— 75) raqbarligidagi Krestyanlar urushida qatnashdilar. Yoyiq shaharchasi shu davrda Krestyanlar urushi markazi boʻlgan. Shu bois, Ye. Pugachyov qatl qilinganidan keyin (1775) istehkom shaharcha nomi Yekaterina II farmoni bilan Uralsk deb oʻzgartirildi va shaharcha Astraxon gubernyasi tarkibiga kiritildi.
1868-yildan shahar yangidan tashkil qilingan Ural viloyati markazi boʻldi. Oʻsha davrda shahar aholisi, asosan, hunarmandchilik, savdo, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullangan. 1894-yilda Ryazan — Ural temir yoʻlining oʻtkazilishi Kaspiy boʻyi dashtlarida yirik savdo markazining vujudga kelishiga omil boʻldi. 1912-yilda Uralsk da 100 dan ziyod mayda sanoat korxonasi, 300 hunarmand bor edi.
Qisqacha maʼlumot
Aholisi 218 158 kishi (2012). Hozirda Oʻral shahri — Qozog'istonning yirik madaniy-iqtisodiy markazlarining biri. Shahrdagi yirik korxonalar: „Zenit“ zavodi, „Omega“, „Metallist“, Oʻral mexanika zavodi, Oʻral armatura zavodi, Oʻral poliplast zavodi ishlab chiqarish korxonalari, „Ayaz“ MChB va davlat „Oʻral davlat qishloq xoʻjaligi stansiyasi“ korxonasi. Bulardan boshqa viloyat darajasidagi non kombinati, issiqlik, yorugʻlik, gaz sanoatlari faoliyat yuritadi. Shaharda 2 madaniyat uyi, 18 kutubxona, Kirov parki, 3 muzey, 2 teatr, filarmoniya, koʻrgazma zali, 46 maktab, 3 oliy oʻquv yuritlari va 3 filial bor (2000). Shu jumladan, 35 hazina shifoxona mahkamasi faoliyat yuritadi. Oʻralda Gʻarbiy Qozogʻiston temir yoʻl orqali yuk tashish boʻlimi joylashgan.
Iqlimi
Shahar iqlimi — kontinentalli, yozi qurgʻoq va issiq, qishda esa sovuq.
Aholisi
Shahar aholisi 2012-yilgi statistika boʻyicha 218 158 kishini tashkil qildi. 2004-yildagi statistika bilan taqqoslab qaraydigan boʻlsak (222,4 ming) shahar aholisining kamayib borayapganligi koʻramiz, bunga asosiy sabablardan biri Oʻralning Rossiyaga chegaradoshligi. Chegaradosh davlatga koʻplab slovyan xalqlarining koʻchib ketishi keyingi yillarda koʻp kuzatilmoqda. Vaholanki Qozogʻistonda bundan 20-yil avval olmonlarning soni 1 millionga yaqin edilar, hozirgi kunda ularning soni 178 ming.
Galeriyasi
Manbalar
uz.wikipedia.org