Upsala




Upsala — Shvetsiyaning markaziy qismidagi shahar, Upsala lenining maʼmuriy markazi. Aholisi 189,5 ming kishi (2001). Mashinasozlik, poligrafiya farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatda eng qadimgi—Universitet (1477), mashhur tabiatshunos. K. Linney muzeyi bor. Shaharga 12-asrda Estra Aros nomi bilan asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Skandinaviyada eng katta gotika sobori (13—15-asrlar) saqlangan.

Manba




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz