UPSALA
UPSALA — Shvetsiyaning markaziy qismidagi shahar, Upsala Lenining ma’muriy markazi. Aholisi 189,5 ming kishi (2001). Mashinasozlik, poligrafiya, farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatda eng qadimgi Universitet (1477), mashhur tabiatshunos. K. Linney muzeyi bor. Shaharga 12-asrda Estraaros nomi bilan asos solingan. Me’moriy yodgorliklardan Skandinaviyada eng katta gotika sobori (13-15-asrlar) saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz