Uotson Jon Brodes




John B. Watson (talaffuzi: Jon B. Uotson; 1878.9.1, AQShning Grinvill sh. — 1958.25.9, NyuYork) — amerika psixologi, bixeviorizm asoschisi. Baltimordagi John Hopkins universiteti professor (1908—20). U.ning hayvonlar ustidagi tadqiqotlari asosida vujudga kelgan konsepsiya introspektiv psixologiya metodlariga taʼsir etish natijasidir. Watson psixologiyani obyektiv eksperimental metodlardan foydalanuvchi tabiiy fanlardan biri sifatida ifodalashga urindi. Butun psixologik faoliyatni Watson xulqatvor sifatida talqin qildi. Watson fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi bilim, malaka, koʻnikma hosil qilish jarayonini oʻrganishdan iborat. Watson hatto tafakkurni yashirin harakatlantiruvchi faoliyat deb bayon qilishga intildi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz