Unutganim yoʻq
„
Unutganim yoʻq “ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1995-yil (ayrim manbalarga koʻra, 1996-yil) chiqarilgan „6-albom“ nomli studiyaviy albomiga sakkizinchi va yakuniy trek oʻlaroq kiritilgan. „Unutganim yoʻq“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan
Qoʻshiq do-major tonalligida yozilgan. Yakuniy kuplet modulyatsiya boʻlib, bir ton yuqori ijro etilgan. Yakuniy naqorat davomida Timur Gaynutdinov ekspressiv solo chalgan.
Qoʻshiqning „Ya tebya ne zabil“ nomi bilan aytilgan ruscha versiya ham mavjud, ammo ruscha versiya pop janrida boʻlib, tezroq tempda ijro etilgan. „Unutganim yoʻq“ qoʻshigʻini bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Renat Sobirov kaver qilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org