Unsurlar davriy jadvali




Unsurlar davriy sistemasi (boshqa nomlari: Unsurlar davriy jadvali , Mendeleyev davriy sistemasi ) — kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, [[elektron konfiguratsiyasi]fig ] va davriy takrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek toʻrtta toʻrtburchak bloklar: chapda s-blok, oʻngda p-blok, oʻrtada d-blok va pastda f-bloklarga boʻlinishi mumkin. Jadval qatorlari davr, s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa guruh deyiladi; bu ustunlarga galogenlar yoki inert gazlar degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy jadval taʼrifiga binoan u davriy qonunga koʻra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval kimyoda keng qoʻllanilib, muhim asos boʻlib xizmat qiladi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz