Unni Mukundan
Unnikrishnan Mukundan (hindcha: उन्नीकृष्णन मुकुंदन, ruscha: Унникришнан Мукундан 1987-yil 22-sentyabr) —
Unni Mukundan nomi bilan tanilgan, hind aktyori, asosan Malayalam kinosida faoliyat olib boradi. U shuningdek, bir nechta telugu va tamil filmlarida rol ijro etgan. Unni Mukundan aktyorlik debyutini Nandanam (2002) filmining remeyki Sedan (2011) tamil filmida qilgan. 23 yoshida, bir nechta kichik rollarni ijro etganidan soʻng, Unni Vysaxning Mallu Singx (2012) jangovar komediyasidagi bosh roli bilan muvaffaqiyatga erishdi. Keyinchalik u bir nechta malayalam filmlarida, jumladan Vikramadithyan (2014), KL 10 Patthu (2015), Style (2016), Oru Murai Vanthu Parthaya (2016) va Achayans (2017) kabi tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli filmlarda asosiy rollarni ijro etdi. Unni telugu tilidagi film debyutini 2016-yilgi Janatha Garaj filmida qilgan. Unni Achayans filmi bilan lirik va qoʻshiqchi sifatida debyut qildi. Shuningdek, u avtotransport boʻlimining reklamalarida chiqish orqali yoʻl harakati xavfsizligi choralariga homiylik qilgan.
Yoshligi
Unni 1987-yil 22-sentyabrda Malayali ota-onasi Mukundan Nair va Roji Mukundan oilasida tug‘ilgan. Unni maktabni Ahmadoboddagi Pragati oliy oʻrta maktabini tamomlagan. Unni Pudukad (Trissur) Prajyoti Niketan kollejining ingliz adabiyoti va jurnalistikasini tamomlagan. Unni Gujaratning Ahmadobod shahrida ulgʻaygan. Oʻzining dastlabki kunlarida u hozirda TTEC nomi bilan tanilgan Motif bilan ishlagan.
Faoliyati
2018-yilda u Anuskha Shetti bilan birgalikda tamil-telugu ikki tilli Bhaagamathie filmini suratga oldi, bu ham tijorat muvaffaqiyatiga erishdi va tanqidchilar tomonidan eʼtirof etildi. Unnining keyingi relizlari ikkita triller filmi Ira va Chanakyathanthram edi. Ikkala film ham ijobiy baholarga sazovor boʻldi va tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Unnining 2019-yildagi birinchi relizi Haneef Adenining Mixael boʻlib, unda u antagonist Marko Jr. rolini tasvirlagan. Unni oxirgi marta 2022-yil 14-yanvarda teatrda namoyish etilgan Meppadiyan filmida va Telugu filmi Xiladi filmida suratga tushgan
Ishlab chiqarish
Unni Mukundan oʻzining yangi kino ishlab chiqarish kompaniyasini Unni Mukundan Films (UMF) 2020-yil 17-avgustda ishga tushirdi.
Filmografiyasi
Malayalam tilida
Boshqa tilda filmlarda
Televideniya faoliyati
Diskografiyasi
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org