Universalbank
„Universal bank“ ATB — aksiyadorlik-tijorat banki boʻlib, Oʻzbekistondagi bosh ofisi Toshkent shahrida joylashmagan 3 ta tijorat banklaridan biri. Bank Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 2001-yil 20-martda berilgan 68-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi . 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, sof foyda miqdori boʻyicha Oʻzbekistonning oʻrtamiyona banklaridan (16-oʻrinda) hisoblanadi . 2023-yil 23-may holatiga koʻra, Universal bankning 6 ta filiali , 8 ta bank xizmatlari markazi (BXM) hamda 17 ta minibanki faoliyat koʻrsatmoqda.
Tarixi
Universal bank 2001-yilda Qoʻqon shahrida tashkil etilgan.
2003-yil 28-aprel — bankning
Toshkent filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 53-uy, 100029. MFO: 00996 .
2015-yil 28-may — bankning
Fargʻona filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Al-Fargʻoniy koʻchasi, 69-uy, 150105. MFO: 01131 .
2017-yil 28-iyul — bankning
Buvayda filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Fargʻona viloyati, Buvayda tumani, Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi, Hilol koʻchasi, 22-uy, 151900. MFO: 01151 .
2019-yil 23-may — bankning
Zangiota filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar qoʻrgʻoni, Mustaqillik koʻchasi, 24-uy, 111800. MFO: 01174 .
2021-yil 14-iyun — bankning
Mirobod raqamli filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob koʻchasi, 14-uy, 100015. MFO: 01186 .
2021-yil 20-dekabr — bankning
Chust filiali oʻz faoliyatini boshladi. Filial manzili: Namangan viloyati, Chust tumani, Chust shahri, Chustiy koʻchasi, 23-uy, 161100. MFO: 01193 .
Bank infratuzilmalari geografiyasi
Universal bank Toshkent shahri va 7 ta viloyatda mijozlarga oʻz xizmatini koʻrsatib keladi .
Korporativ boshqaruvi
Universal bank „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“gi Qonunning yangi tahriri 32-moddasiga binoan 3 pogʻonali boshqaruv organi tomonidan boshqariladi:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bank boshqaruvining oliy organi boʻlib, bankning oddiy aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarining maʼlum muddatda yigʻilib, vakolati doirasida bank uchun qarorlar qabul qiladi.
Bank Kuzatuv kengashi bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Bank Boshqaruvining faoliyatini tekshiradi, hisobotlarini qabul qiladi. Universal bank Kuzatuv kengashi 7 kishidan iborat: Anvar Irchayev (Kuzatuv kengashi raisi), Sharif Norov (Kengash aʼzosi), Aziz Sattarov (Kengash aʼzosi), Ubaydulla Gazaxunov (Kengash aʼzosi), Azamat Abdusamatov (Kengash aʼzosi), Davron Xasanov (Kengash aʼzosi) hamda Anvar Arslanov (Kengash aʼzosi) .
Bank Boshqaruvi bankning ijro organi hisoblanib, kundalik faoliyatdagi barcha joriy faoliyatga javob beradi. Universal bank Boshqaruvi 5 kishidan iborat :
Manbalar
uz.wikipedia.org