Unitit Arab Emirates




Birlashgan Arab Amirliklari ( BAA ; arabcha: اَلْإِمَارَات الْعَرَبِيَة الْمُتَحِدَة ) – Gʻarbiy Osiyodagi (Yaqin Sharqdagi) davlat. U Arabiston yarim orolining sharqiy uchida joylashgan va Ummon va Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh, Fors ko'rfazida Qatar va Eron bilan dengiz chegarasiga ega. Abu-Dabi mamlakatning poytaxti, eng ko'p aholisi bo'lgan Dubay esa xalqaro markaz hisoblanadi. BMT aʼzosi. Davlatni boshqarish shakli mutloq monarxiya. Maydon 82,880 km². Milliy pul birligi — dirham (AED). Rasmiy din — islom. Musulmonlar — 96 %, boshqalar — 4%.

Aholisi



BAA aholisi — 5,1 mln kishi (2010). Etnik tarkibi: arablar — 20 %, arab olamidan tashqaridagi hududlar, yaʼni Yevropa, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan — 80 %. Aholining 33 %i ayollar, 67 %i erkaklar.

Til



Rasmiy tili arab tili, bundan tashqari ingliz, hind, urdu va fors tillaridan ham foydalaniladi. Soʻngi yillarda Dubayga rus turistlar tashrifi koʻpligi sababli mehmonxonalarda ishchilar rus tillarida ham suhbatlashmoqdalar.

Geografiya



BAA Fors va Omon koʻrfazida Arab yarim orolining sharqiy qismida joylashgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. BAA 7 ta amirlik (xonlik) dan iborat: Abu-Dhabi, Ajman, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvayn, Sharja.

Asosiy joylar



Dubay (bu yer juda qiziqarli sanoatlashgan dam olish joyi: akvapark, hayvonot bogʻi, Dubay tarixiy muzeyi, mamlakatdagi eng katta savdo markazi mavjud), Sharja, Ras Al-Hayma, Abu-Dhabi, Fujeyra, Um Al-Quvayn. Asosiy turistlik markazlari: Abu-Dhabi, Ajman, Jumeyra, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvain, Sharja.

Ish vaqti



Odatiy ish kuni ikki mavsuvda 8 soat: ertalabdan 13:00 gacha va 16:00 dan kechgacha. Payshanba — qisqa kun, juma — dam olish kuni.

Bayram va dam olish kunlar




Diniy bayramlar




Iqtisodiyoti



BAA YaIMning oʻsishi 2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 %. BAA iqtisodiy oʻsishi 2010-yilda 3,2 %, uning katta qismi neft boʻlmagan sektorlardan, inflyatsiyaning tushishi 1 % kutilmoqda — deydi Davlat Iqtisodiyot Vaziri. YaIMning oʻsishida 71 % neftsiz maxsulotlarga toʻgʻri keladi, 2008-yilda bu koʻrsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan bin Said Al Mansuriy. Savdo tashkilotlari OPEC va WTO. Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9 %, Hindiston 12 %, AQSH 8,6 %, Yaponiya 6 %, Turkiya 4,4 %, Italiya 4,2 %. Qarzi: $128,6 million (2009-yil dekabr maʼlumoti), Davlat qarzi 47,2 %, Zarari $54,68 mlrd. (2009). YaIMda qishloq xoʻjaligi (1,6 %), sanoat (61,8 %), xizmat koʻrsatish (36,6 %) ning ulushi. Ishsizlik 12,7 %.

Bojxona



Birlashgan Arab Amirliklari bojxonasi yuz yillardan buyon qoʻllanib kelinadi. Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, BAAning bojxona chegarasi Shayh Zaid bin Sulton va Shayh Rashid bin Al Maktoumlar (u Dubayning hokimi edi) davrigacha bir necha etaplardan iborat boʻlgan hamda shu vaqtda birinchi bor bojxona binolari qurilib Dubayni, yaʼni amirlikning muhim savdo-sotiq shahrini tartibga solishga imkon berdi. Dubayning bojxonasi hukumatning eng qadimgi bojxonalaridandir va u „yigʻish“ nomi bilan mashxurdir, yaʼni undiriladigan soliqlar va bojlar yigʻilganligi uchun. Tarixiy bojxonaga koʻra odamlar uni „Markazlar onasi“ deb atashgan, chunki bir necha asosiy hukumat binolari, eng qadimiy bojxona binosi va bojxona yoʻllari u yerdan oʻtgan. 2003-yilning martida doktor (professor) Muhammad Khalfan Bin Kharbash konferensiyada qatnashdi va unda butun bojxona menejerlari bilan uchrashdi. Bunda maqsad keng miqyosda qadam tashlash, yaʼni FCA ning tashkil tpishiga koʻra va bojxonalararo umumiy markaz tashkil qilish toʻgʻrisida boʻldi. Shundan soʻng hokimiyat organlarining bu maqsadda jadallashishiga olib keldi. Shunday qilib 2008-yil 28-mayda vazirlik komiteti kengashi (rahbari Shayh Hamdam bin Rashid Al Maktoum), vitse president, bosh vazir va Dubay hokimi, Iqtisodiy vazirlik va Sanoat komiteti tayyorlagan „Bojxona shtat qonunlarini umumlashtirish“ga erishildi.

Bojxona qoidalari



Import va eksportda valyuta nazorat qilinadi, jami summasi deklaratsiyada koʻrsatiladi. Maʼnaviyatga salbiy taʼsir etuvchi audio va video maxsulotlarni hamda diniy munosabatlarga taʼsir etuvchi maxsulotlar olib kirish taʼqiqlanadi. Bojxona organi topshirilgan videokasseta va chop etilgan maxsulotlarni koʻrib chiqishi mumkin.

Fizik narsalar, psixologik materiallar, dorilarning hamma turlari, qushlarni ovlash qurollari, musulmon shariatiga xos boʻlmagan behayo video va chop etilgan tovarlar, qurol va narkotik moddalar olib oʻtish taqiqlangan. Shunisi diqqatga sazovorki, agar BAAga olib kirilayotgan import tibbiyot muolaja vositalariga narkotik aralashgan boʻlsa bu katta muammoni keltirib chiqaradi.

Bojxona postlari




Postlar soni: 12 ta

Postlar soni: 16

Postlar soni: 10.

Postlar soni: 8.

Postlar soni: 3.

Postlar soni: 1.

Postlar soni: 1.

Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari




Manbalar





uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz