UnionPay




UnionPay  — 2002 yilda tashkil etilgan xalqaro toʻlov tizimi. Xitoy Davlat kengashi va Xitoy Xalq banki tashabbusi bilan yaratilgan. Uning aksiyadorlari 200 dan ortiq moliyaviy tashkilotlardir. 2015-yilda amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi bo‘yicha u Visa va Mastercard’dan o‘zib ketdi va dunyodagi eng yirik to‘lov tizimiga aylandi, biroq to‘lovlarning atigi 0,5 foizi Xitoydan tashqarida amalga oshiriladi.

Logotip



UnionPay logotipi 2001-yilda ishlab chiqilgan. Unda ikkita iyeroglif tasvirlangan. Birinchisi „pul“, ikkinchisi — „birlashma“ degan maʼnoni anglatadi. U ingliz tiliga UnionPay deb tarjima qilingan.

Tarixi




2018-yil oxiriga UP kartalarining global muomaladagi ulushi 45 foizni tashkil etdi, bu 2017-yilga nisbatan 1 foizga koʻpdir .

2019-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, UnionPay to‘lov kartalari dunyoning 177 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinmoqda, 58 mamlakat banklari UnionPay kartalarini chiqarmoqda .

UnionPay Oʻzbekistonda



Toshkentda 2016-yil 20-iyunda „Oʻzbekistonda UnionPay xalqaro kartalari ekvayringi (toʻlovlarga qabul qilish) boʻyicha loyiha taqdimoti“ boʻlib oʻtdi. Loyiha tashkilotchilari sifatida Yagona umumrespublika protsessing markazi va Oʻzbekiston Milliy Banki qatnashdi. Taqdimotda UnionPay prezidenti Shi Venchao boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasi ishtirok etdi. Ushbu loyiha UnionPay kartalarini Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — Uzcard tarmogʻiga ulangan 190 mingdan ortiq toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) ishlatish imkonini beradi.

2021-yil 22-martdan boshlab UnionPay kartalari Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — HUMO tarmogʻiga ulangan toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) qabul qilina boshladi.

Hozirgi kunda UnionPay kartalarini Oʻzbekistonda quyidagi banklar chiqarayapti:

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz