Ungaïa




Vengriya yoki Mojariston (Magyarorszag) (rasman: Vengriya Respublikasi yoki Mojariston Respublikasi )(Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy oqismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Maydon 93 ming km. Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va BMTning aʼzosidir.

Aholisi 9,772,756 million kishi (2019). Poytaxti Budapesht shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (mede) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Mamlakatning rasmiy tili Mojar tili.

Davlat tuzumi



Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 20-avgustda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati — 5 yil Qonun chiqaruvchi organi — parlament — Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi.

Tabiati



Mamlakat hududi asosan te-kislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150-200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va boshqalar) dan iborat. Mamlakatning shimoli-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining janubiy qismi (Kishalfyold), shimoli-sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500-800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan janubi-gʻarbda 900 mm gacha. Shar-qida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi Vengriyani va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. Vengriyada koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi. Vengriya hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300- 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan, qushlardan toʻrgʻay. qorayaloq, qizilishton, boyqush. qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. Vengriyada Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad va b. milliy bogʻlar bor.

Aholining 97 % Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64 %) va protestantlar (23 %). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.

Tarixi



Vengriya hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asr oxiri va mil. 2-asr boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, xalqlarning buyuk koʻchishi davrida Vengriya hududida olmon va turkiy elatlar kelib joylashgan. 6-asrda slavyanlar kelgan. Hozrigi vengmojarerlarning ajdodlari mil. davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador mojar qabilalari 9-asr oxirlarida gʻarbga siljib, hozirgi Vengriya hududiga kelib joylashgan. Vengriya davlatining shakllanishida 997 yil xristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan Ining taxtga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000-yilda oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. 10-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga xususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) Vengriyani vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242-yilda bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi.

15-asr boshidan Vengriyaga turklar taxdid soldi. Dastlab 1416, 1418 yillarda turklar Vengriya jan.ga bostirib kirdi. Mamlakatdagi feodal tarqoqlik turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga xalaqit berdi. Ichki nizolar kuchaydi, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish zoʻraydi. Oʻzaro urushlar, dehqonlar gʻalayoni mamlakatni tobora zaiflashtirdi. Moxach yaqinida mojarlar sulton Sulaymon armiyasilan yengilib (1526), Vengriyaning markaziy va janubiy qismi Turkiyaga (150 yil davomida) qaram boʻlib qoldi, gʻarbiy va shimoliy qismi Avstriyaga oʻtdi. Mojar dvoryanlari Avstriya monarxi Ferdinand Gabsburgni oʻz qiroli deb tan oldi. Vengriyaning sharqida Transilvaniya knyazligi tashkil topdi, keyinchalik u ham Avstriyaga qaram boʻlib qoldi (1858).

18-asr dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 yil davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711-yilgi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun Vengriya hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va „maʼrifatli absolyutizm“ siyosatiga qaramay, 18-asr oxiridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Vengriyada Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848-yil 15-martda Vengriyada pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849-yil 5-yanvarda Avstriya qoʻshinlari Vengriya poytaxtiga kirdi. Vengriyaning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867-yil Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-Vengriya monarxiyasini tuzdi.

Birinchi jahon urushi natijasida bu monarxiya parchalandi. 1918-yil oktabrdagi inqilob natijasida Vengriya mustaqil davlatga aylandi (16-noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919-yil 21-martda Vengriya Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919-yil 1-avgustda agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—1944) oʻrnatiddi. Vengriya Italiya va Olmoniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti Olmoniya fashizmiga xizmat qildirildi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944-yil martda gitlerchilar Vengriyani bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944-yil sentabrda Vengriya olmon qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944-yil 22-dekabrda tuzilgan Vengriya muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-yil 4-aprelda Vengriya olmon koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946-yil 1-fevralda Vengriya respublika deb eʼlon qilindi. 1949-yildan Vengriya Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat ixtiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956-yil oktabrdagi xalq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va xoʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Vengriya sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989-yilda 1949-yil gi konstitutsiya oʻzgartirilib, Vengriya demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989-yil 18-oktabrda mamlakat Vengriya Respublikasi deb ataldi. Vengriya 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 3-martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 yil burjua inqilobining boshlanishi; 20-avgust — Vengriya davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23-oktabr—1956-yil inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989-yil Vengriya Respublikasi eʼlon qilingan kun.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari



Vengriya ishchi partiyasi (1918-yilda asos solingan Vengriya Komunistik partiyasining vorisi, 1948-yildan Vengriya mehnatkashlar partiyasi deb atalgan. 1989-yil 7-oktabrdagi 14-sʼezdda partiya faoliyatini toʻxtatish va uning negizida sotsialistik ishchi partiyasini tuzishga qaror qilindi. Bu partiya 1993-yil martidan Vengriya ishchi partiyasi deb ataladigan boʻldi), Vengriya sotsialistik partiyasi (1989-yilda tashkil etilgan), Vengriya demokratik forumi (siyosiy tashkilot sifatida 1987-yilda tuzilgan), Erkin demokratlar ittifoqi (1988-yilda asos solingan va siyosiy partiya tarikasida 1989-yilda shakllangan). Kasaba uyushmalari: Mustaqil kasaba uyushmalari demokratik ligasi (1988-yilda mustaqil kasaba uyushmalarini birlashtirish maqsadida tuzilgan), Vengriya kasaba uyushmalari federatsiyasi (Umumvengriya kasaba uyushmalari negizida barpo etilgan; Taʼsis sʼezdi 1990-yilda boʻlgan).

Xoʻjaligi



Vengriya — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan qurollangan, qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,5 %, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 12 %.

Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik, qora va rangli metalurgiya, elektronika, oziq-ovqat, mebel va yengil sanoat. Yoqilgʻi-energetika balansida koʻmir asosiy oʻrin egallaydi (Tatabanya, Oroslan, Borshod, Mechek va boshqalar konlar). Neft va tabiiy gaz qazib olish rivojlangan. Elektr energiya asosan issiqpik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 32,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Qora metallurgiya asosan chetdan keltiriladigan ruda va koks asosida ishlaydi. Bu tarmoqning asosiy markazlari: Mishkols, Ozd va Dunayvarosh. Boksit-alyuminiy sanoati hal qiluvchi ahamiyatga ega (Almashfyuzit, Ayka, Tatabanya, Inot, Nirad-Deaki va boshqalar). Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari — elektr texnika, priborsozlik, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek transport vositalari, ayniqsa kemasozlik, temir yoʻl vagonlari, avtobus ishlab chiqarish („Ikarus“ zavodlari) rivojlangan. Metall qirqish stanoklari, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, yoritish priborlari ham ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Budapesht, Dyor, Mishkols, Sekeshfexervar va Debresen. Farmatsevtika korxonalari Budapesht va Debresenda joylashgan. Kimyo sanoati (maʼdanli oʻgʻitlar, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish) muhim ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish (Budapesht, Dyor, Seged, Pech va boshqalar shaharlarda), oziq-ovqat sanoati (vinochilik, meva-sabzavot konserva, un tortish, qand-shakar, goʻsht sanoati va boshqalar) rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligida asosiy oʻrinni dehqonchilik oladi. Haydaladigan yerning 2/3 qismiga gʻalla ekiladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungaboqar, tamaki, shuningdek kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik mahsulotining anchagina qismi chet ellarga chiqarib sotiladi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari— choʻchqachilik va parrandachilik. Qoramolchilik, qoʻychilik va sut mahsulotlari yetishtirish ham rivojlangan. Balaton koʻlida va Dunay daryosida baliq ovlanadi.

Transporti



Temir yoʻl va avtomobil transporti Vengriya transportining asosini tashkil kiladi. Temir yoʻllarning uz. — 7752 km (2277 km elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh.

Vengriya chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar, elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Vengriya iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish surʼatlari ancha yuqori. Vengriyaning tashqi savdodagi mijozlari — Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — forint.

Tibbiy xizmatga Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. Vengriyada 90 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar bor; 30 mingga yaqin shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Budapesht, Seged, Pech, Debresendagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi.

Xalq maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari



Vengriyada 8 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Davlatga, cherkovga qarashli, xususiy oʻrta oʻquv yurtlari bor. Vengriyada 887 oʻrta maxsus oʻquv yurti va 91 oliy oʻquv yurti hamda kollejlar ishlaydi. Budapesht universiteti Vengriyadagi eng yirik oliy oʻquv yurtidir. Pech sh.dagi universitet (1367-yil tashkil etilgan) ham mamlakatdagi eng qad. oʻquv yurtlaridan. Vengriyada Vengriya Fanlar akademiyasi, geol., zootexnika, farmakokimyo va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Davlat kutubxonasi, Budapesht universiteti, parlament kutubxonalari. Vengriyada Milliy muzey (1802-yil tashkil etilgan), Milliy galereya, Tasviriy sanʼ-at, tabiiyot-tarix, ilmiy-texnologiya (hammasi Budapesht sh.da), Shopron sh.da Ferens List, Sekeshfexervarda qirol Ishtvan muzeylari mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi



Vengriyada bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: „Deyli nyus“ („Kundalik yangiliklar“, ingliz va olmon tillaridagi kundalik gazeta, 1979-yildan), „Kurir“ (mustaqil kundalik gazeta, 1990-yildan), „Madyar nemzet“ („Mojar millati“, kundalik siyosiy gazeta, 1938-yildan), „Madyar xirlap“ („Mojar gazetasi“, kundalik siyosiy gazeta, 1968-yildan), „Nepsabadshag“ („Xalq erki“, kundalik gazeta, 1942-yildan), „Nepsava“ („Xalq soʻzi“, kundalik gazeta, 1873-yildan), „Sabadshag“ („Ozodlik“, haftalik gazeta, 1990-yildan), „Kortarsh“ („Zamondosh“, oylik adabiy jurnal, 1957-yildan), „Madyar shayto“ („Vengriya matbuoti“, oylik jurnal, 1960-yildan), „May magazin“ („Zamonaviy jurnal“, oylik jurnal, 1981-yildan). Vengriya telegraf agentligi (MTI) 1880-yilda, Vengriya radiosi 1924-yilda, Vengriya televideniyesi 1957-yilda tashkil etilgan.

Adabiyoti



Adabiyotining tarixi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. Uning ayrim parchalari oʻrta asrlarga oid lotin tilidagi risolalarda saqlanib qolgan. Nomaʼlum muallifnimg „Mojarlarning ishlari“ risolasi shu jumladandir. Mojar tilidagi dastlabki yozma adabiyot obidalari — „Qabr ustidagi vaʼz“, „Assizlik Fransiskning sarguzashti“ asarlari 13—14-asrlarga mansub. Yaus Pannonius va Balint Balashshi 15— 16-asrlarda lirik sheʼrlari bilan mashhur boʻldilar. Turklar zulmiga qarshi mustaqillik yoʻlidagi kurashga bagʻishlangan asarlar milliy adabiy tilning shakllanishiga barakali taʼsir qildi. Vengriya Zrinining „Siget falokati“ epik dostonida milliy birlik gʻoyasi madh etildi. Vengriya Dyondyoshining epik asarlari 17-asr mojar klassitsizmining namunasidir. 18-asrda maʼrifatchilik adabiyoti paydo boʻldi. Bu davrda „Agis“, „Faylasuf“, „Tarimenning sayohati“ asarlarining muallifi D. Beshshenei, demokratik ruhdagi „Doroteya“ hajviy eposi bilan shuhrat qozongan Vengriya Chokonai-Vitez ijodi muhim. Y. Katoni, Vengriya Vyoryoshmarti, milliy madhiya matnining muallifi F. Kyolchei romantik asarlari bilan tanildi. 19-asrning 40 yil larida adabiyotda realizm kurtaklari koʻrina boshladi. Y. Etvyosh „Qishloq notariusi“, „1514-yilda Vengriya“ romanlarida eski feodal tartiblarini tanqid qildi, Doji boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻolonini aks ettirdi. „Pahlavon Yanosh“, „Milliy qoʻshiq“ epik dostonlarining muallifi Shandor Petyofi mojar sheʼriyatini xalqchillik, demokratizm, realizm goyalari bilan boyitdi. Petyofi sheʼriyati 1848—49 yillar inqilobida zoʻr ahamiyat kasb etdi. Bu davrda Ya. Aranning Toldi haqidagi poemalar trilogiyasi („Toldi“, „Toldi kechasi“, „Toldining muhabbati“) va qator sheʼrlarida dehqonlarning feodal tuzumga qarshi noroziliklari ifodalandi.

Mojar adabiyotiga shoir E. Adi katta hissa qoʻshdi. Uning „Mojar dashtida“, „Mojar yakobinchisi qoʻshigʻi“, „Dyord Doji nevarasi“, „Jangovar yoʻl“ kabi asarlari jamiyatni qayta qurish ruhi bilan sugʻorilgan. 1- va 2-jahon urushlari orasidagi davrda mojar inqilobiy lirikasining yirik vakili A. Yojef asarlari keng tarqaldi. Ispan milliy ozodlik kurashida general Lukach nomi bilan shuhrat qozongan yozuvchi Mate Zalka qator asarlarida, shuningdek „Doberdo“ romanida ozodlik yoʻlidagi kurashchilar obrazini yaratdi, mehnatkashlar ongining uygʻonishini haqqoniy tasvirladi. Vengriya adabiyotining yirik vakillari L. Meshterxazi, A. Berkeshi, I. Dobozi, L. Erdyosh asarlari yangi insonning shakllanishi masalalariga bagʻishlangan. Tanikli shoirlardan D. Iyesh, I. Shimon, G. Garai lirik asarlari, Y. Darvashning „Badmast yomgʻir“ romani va D. Fekyotning „Vrach oʻlimi“, F. Shantining „Soat yigirma“, I. Erkenning „Totovlar xonadoni“ qissalari ijtimoiy mavzuning chuqur tahlil etilishi, ruhiy holat tasvirining teran falsafiyligi bilan Vengriya adabiyotida alohida oʻrin oladi.

Meʼmorligi



Vengriya hududida paleolit va neolit davrlariga oid manzilgoxlarning qoldiqlari, skif-sarmat va antik madaniyatlarning yodgorliklari topilgan. Milodning dastlabki asrlariga mansub Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11—12-asrlarda Pech, Estergomda meʼmorlik maktablari vujudga keldi. 11 —13-asrlarda roman va gotika uslubidagi qoʻrgʻonlar, qasrlar va turar joylar qurildi. 15-asrning 2-yarmidan Uygʻonish davri tamoyillari vujudga kela boshladi. 17-asr oxirlarida avstriyaliklar taʼsirida barokko uslubi yoyildi. 19-asrda klassitsizm uslubi tarkib topdi. 19-asr oxirida Budapeshtni qurish avj oldi (parlament binosi, opera teatri va boshqalar). 19—20-asr boʻsagʻasida mojar „moderni“ meʼmorligida xalq meʼmorligi usullaridan foydalanildi. 20-asr oʻrtalaridagi Vengriya meʼmorlari salobatli sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar barpo etishga kirishdilar. Komlo, Varianati, Budapesht shahri larida jahonning eng kurkam meʼmoriy majmualari barpo etildi. Budapeshtdagi markaziy stadion (meʼmor K. David vab.), binokorlik sanoati kasaba uyushmasi xodimlari uyi (meʼmor L. Gardorash va boshqalar), Dunay daryosiga qurilgan Erjebet koʻprigi (meʼmor P. Shali), Balaton koʻli boʻyidagi mehmonxonalar va boshqalae binolar Vengriya meʼmorligining muvaffaqiyati boʻlib, industrial asosda barpo etilgan.

Tasviriy sanʼati



Vengriya hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-asr, Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-asr oxirlari, 16-asr boshlari) Vengriya sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-asr oxiri, 18-asr boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-asrda portret (Vengriya Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (Vengriya Zichi) rivojlandi. 1848—49 yillardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tarixiy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom Vengriya Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar mojar rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. Vengriya Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar. Shu davr Vengriya sanʼatida Sh. Xolloshi asos solgan Nadban realistik rassomlik maktabi katta rol oʻynadi. Vengriyaning 20—30-yillar sanʼatida Dyula Derkovich va Ishtvan Deshi-Xuber kabi mashhur rassomlar ijod qildilar. Fashizm tartibi oʻrnatilgandan keyin koʻpgina taraqqiyparvar rassomlar chet ellarda ishladilar, mamlakatda qolganlari ijtimoiy oʻtkir taʼsirchan asarlar yaratdilar. Rassomlardan Bertalan Por, Aurel Bernat, Ishtvan Syoni, haykaltaroshlardan Beni Ferensi, Jigmond Kishfaludi-Shtrobl, Yojef Shomodi, Tamash Viga, Dyord Shegeshdi, Ferens Kovach va b. Vengriya tasviriy sanʼatini boyitdilar. Vengriyada amaliy sanʼat ham qad. anʼanalarga ega; Noemi Ferens yaratgan gobelenlar, Margit Kovach yaratgan sopol buyumlar eʼtiborli.

Musiqasi



Mojar xalq qoʻshiqlari bir ovozlidir; qad. ohanglari esa mari, udmurt, chuvash kuylarini eslatadi. Igrits deb ataluvchi mojar xalq baxshidostonchilari haqidagi dastlabki maʼlumot Yu-asrga taalluqli. Xristianlik rasmiy din boʻlib qolgach (10-asr), Grigoriyem xoralining taʼsiri kuchaydi. Professional Vengriya musiqasi (13-asrdan) zodagonlar orasida ravnaq topdi. Unda Gʻarbiy Yevropa musiqasi bilan mojar xalq musiqa ohanglari qoʻshildi. 16-asrda lyutnya ijrochisi va xonanda Sh. Tinodining tarixiy mavzudagi dastlabki dunyoviy qoʻshiklari, B. Bakfarq kabi sozandakompozitorlarning cholgʻu asarlari nashr etildi. 17—18-asrlarda Vengriya zodagonlarining koʻpchiligi oʻzlarining xor hamda cholgʻu kapellalari bilan nom chiqarishdi.

18-asr oxiridan cholgʻu musiqasining yangi raqsbop janri — verbunkosh taraqqiy etdi. Uning shaklanishida Vengriya loʻli sozandalari katta rol oʻynadi. Keyinchalik milliy musiqaning asosiy uslubi darajasiga koʻtarllgan verbunkosh barcha janrlarga taʼsir qildi. Kompozitor Y. Ruzichka shu uslub zaminida birinchi Vengriya operasi („Belaning qochishi“, 1822) ni yozdi. Oʻz ijodida verbunkosh bilan Italiya operanavislik tajribasini qoʻshgan 19-asr atoqli kompozitori F. Erkel „Bank ban“, „Laslo Xunyadi“, „Dyord Doja“ singari milliy ozodlik harakati ruhidagi operalarni yaratdi. Verbunkosh ohanglari Gaydn, Motsart. Betxoven, Shubert, Brams, Berlioz, List singari kompozitorlarni ilhomlantirdi. 1834-yilda dastlabki Milliy musiqa maktabi tashkil topdi. Shuning zaminida F. List Musiqa akademiyasini barpo qildi (1918-yildan List nomidagi Oliy musiqa sanʼati maktabiga aylangan). Peshtda opera teatri (1837), Milliy konservatoriya (1840, keyinchalik oliy musiqa maktabi deb iomlangan) barpo boʻldi. 1853-yil Filarmoniya jamiyati tashkil topdi. Mashhur pianinochi, kompozitor F. List faoliyati 19-asr Vengriya musiqa taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. Bartok, Z. Koday singari kompozitor va musiqashunoslar xalq ijodi asarlarini oʻrganib, Vengriya musiqa madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 20-asrda F. Legar, I. Kalman, V. Yakobi operettalari olamga mashhur boʻldi. Vengriya musiqasi taraqqiyotida A. Mixay, P. Kadosha, R. Marosh, E. Servanski, F. Farqash, D. Ranki. P. Yardani, Sh. Sokolai, J. Durko singari kompozitor va musiqashunoslarning xizmatlari katta.

Teatri



Teatr kurtaklari 9-asrdagi koʻchmanchi mojarlarning uyinlari va marosimlariga borib taqaladi. Qiziqchimasharabozlar va baxshilar oʻziga xos xalq madaniyatining namoyandalari edi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida maktab teatrlari rayem boʻldi. 18-asr boshida saroy teatr truppalari yuzaga keldi. 1790-yilda birinchi professional teatr tashkil qilindi. 1837-yilda Peshtda „Peshti madyar sinxaz“ (Pesti Magyar Színház) nomli doimiy teatr (1840-yildan Mojar milliy teatri) ochildi. Vengriya teatrining shakllanishida aktyorlardan VengriyaʼLendvai, G. Egreshshi, R. Laborfalvi, Vengriya Yasai, rejissyor E. Paulai katta rol oʻynadilar. 19-asr oxirida yana bir qator viloyatlarda teatrlar tashkil etildi. 1-va 2- jahon urushi orasida Vengriya teatri chuqur tushkunlikka uchradi. Urushdan keyin yangi teatrlar ishga tushirildi: Budapeshtda Sh. Petyofi nomidagi teatr, Vengriya Yokai nomidagi teatr, Seged, Pech va boshqalar shaharlardagi teatrlar. Rejissyor lardan T. Mayor, E. Gellert, K. Kazimir, L. Vamosh, aktorlardan G. Bayor, K. Tolnai, A. Shomlai, Vengriya Gabor, É. Rutkai, L. Bashti mashhur.

1925-yilda Budapeshtda turgʻun operetta teatri (1949-yildan Milliy teatr) tashkil qilindi. Balet sanʼati 19-asr oxirida paydo boʻlib, 20-asr boshida rivojlandi. Budapeshtdagi Milliy teatr qoshida balet maktabi bor. Vengriyada estrada, qoʻgʻirchoq teatri, sirk va sirk maktabi ham mavjud.

Kinosi



19-asr oxirida dastlabki xronika filmlari suratga olina boshladi. 1896 i. Budapeshtda birinchi kinoteatr ochildi. 1901-yilda mojar filmi „Rake“ (rejissyor B. Jitkovskiy) yaratildi. Shu filmdan ilmiy-ommabop kino tarixi boshlangan. 1912-yil 14-oktabrda milliy badiiy kinematografiya yuzaga keldi. 1912-yildan Vengriya filmlari muntazam suratda ishlab chiqarila boshladi. Keyingi yillarda Vengriyada yaratilgan filmlar haqqoniyligi, jiddiy masalalarni koʻtarib chiqqanligi bilan ajralib turadi. Vengriya kinematografiya ilmiy tadqiqot instituti (1956), Teatr va kino instituti bor. Vengriyada ishlab chiqarilgan koʻpgina badiiy va qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarda mukofotlangan. 60—80-yillardagi eng yaxshi filmlar: „20 soat“ (rejissyor Z. Fabri), „Ota“ (rejissyor I. Sabo), „Noumid“ (rejissyor Vengriya Yancho), „Fotosurat“ (rejissyor P. Zolnai) va b. I. Pechi, K. Tolnai, Vengriya Gabor, L. Bashti, Ye. Rutkai kabilar Vengriya kinosining mashhur aktyorlaridir.

Manbalar




Havolalar



Hukumat

Umumiy maʼlumot

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz