Unbearable
Unbearable (Chidab boʻlmas) — daniyalik haykaltarosh Jens Galschiot tomonidan yaratilgan bronza haykal. U global qazib olinadigan yoqilgʻining uglerod chiqindilarini koʻrsatadigan grafikdan va Shu grafik uchiga joylashtirilgan qutb ayigʻidan tashkil topgan. Haykalning barpo etilishi 2015-yilda tugatilgan va COP21 davomida Parijda namoyish etilgan. Haykal WWF Daniya tashkiloti bilan hamkorlikda yaratilgan.
Umumiy koʻrinish
Qutb ayigʻi neft quvuriga joylashtirilgan boʻlib, unda global qazib olinadigan yoqilgʻi uglerod chiqindilarini koʻrsatadigan grafik shakli aks ettirilgan. Qutb ayigʻi haykali oq ayiqning tabiiy toʻliq oʻlchamida va misdan tayyorlangan. Grafik milodiy yildan boshlab amalga oshirilgan emissiyalarni namoyish etadi. Grafikning uzunligi 20 metr boʻlib, uning koʻrsatkichi 1850-yilgacha koʻtarilmaydi. Keyinchalik, 1850-yilda insonning yoqilgʻi isteʼmoli ortib ketadi. Grafik 2015-yilgacha boʻlgan natijalarni koʻrsatadi va yerdan besh metr balandlikda toʻxtab qutb ayigʻini eng yuqoriga oʻrnatilgan holda yakunlanadi. Haykal WWF Daniya, Crowdfunding kampaniyasi va Jens Galschiot tomonidan moliyalashtirilgan. Kampaniya Kickstarterda moliyalashtirilgan va umumiy hisobda haykal qurilishi uchun 12 000 yevro yigʻilgan.
Koʻrgazmalar
Haykal minglab namoyishlar ishtirok etgan Kopengagendagi iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan namoyish davomida keng ommaga havola etildi. Namoyishdan soʻng haykal Parijdagi Cité Universaitreda COP21 koʻrgazmasida namoyish etildi. Jens Galschiotning soʻzlariga koʻra, haykal 2016-yilning aprel oyida Daniya parlamenti oldida namoyish etilishi rejalashtirilgan edi.
Qutb ayigʻi Armiyasi
Jens Galschiot COP21 paytida Parijda ajoyib voqea sodir boʻldi, u yerda u va uning xodimlari qutb ayigʻi liboslarida maxsus namoyish oʻtkazdilar. Bu insonning yoqilgʻi isteʼmoliga eʼtiborini tortishga qaratilgan harakat edi. Voqea sodir boʻlgan vaqtda Parijda favqulodda holat sodir boʻlayotgan edi. Shuning uchun Jens Galschiot va uning xodimlariga maxsus niqob kiyishga ruxsat berilmagan. Qutb ayiqlari armiyasi iqlim oʻzgarishi boʻyicha koʻplab namoyishlarda ishtirok etdi. Jens Galschiotning soʻzlariga koʻra, qutb ayigʻi armiyasi New-Yorkdagi tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti Mogens Lykketoft bilan birga namoyishda ishtirok etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org