Unayza
Unayza — Saudiya Arabistonidagi El-Qosim viloyatida joylashgan shahar
. Aholisi — 135 000 kishidan iborat.
Tarixi
Shahar 7 — asrda paydo boʻlgan. 1817 — 1914 — yillarda Al — Sulaym sulolasining boshchiligidagi amirlikning markazi vazifasini bajargan.
Geografiyasi
Shahar mamlakatning markazida, Nadj viloyatida joylashgan. Shaharning atrofini sahro oʻrab turadi. Unayza shimoldan Burayda, Janubdan esa, Ar-Riyod bilan qoʻshni hisoblanadi.
Iqtisodiyoti
Shaharda piyoz, hurmo, limon, mandarin, uzum, anor kabi mevalar oʻstiriladi. 2004 — yildan buyon, shaharda anʼanaviy tarzda hurmolar festivali uyushtiriladi. Unayza sayyohlar uchun ayniqsa qiymatli shahar boʻlib, uni „Hurmolar qirolligi“ deb atashadi.
Sport
Shahar aholisi uchun futbol eng qiziqarli sport turi sifatida qayd etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
http://www.theairdb.com/airport/UZH.html
uz.wikipedia.org