Umurtqalilar nima?
Chumchuq, akula, piton (tropik mamlakatlarda uchraydigan yirik bo’g’ma ilon), qurbaqa, it va odamni birlashtirib turadigan biror jihatlar bormi, nima deb o’ylaysiz? Agar siz bu savolga, ha, deya javob bersangiz haqsiz, chunki yuqorida nomlari sanalgan mavjudotlarning umumiyliklari bor. Ularning hammasida umurtqa bor. Umurtqa yaxlit suyakdan iborat emas, u mayda suyaklar izchil birlashgan pog’onalar — umurtqalardan tarkib topgan. Uning mavjudligi va mavjud emasligi muhim ahamiyat kasb etib, umurtqali hayvonlar olimlar tomonidan umurtqalilar sinfiga ajratiladi. Qolgan hayvonlar — mollyuskalar, hasharotlar, qurtlar va boshqalar umurtqasizlar sinfini tashkil etadi. Umurtqalilarning bir uchiga, albatta suyakning bo’sh qutisiga o’xshash bosh suyagi birlashadi. Unda hayvonning bosh miyasi saqlanadi. Unga umurtqa suyagi uzunasi bo’ylab, bo’g’imlar orasida joylashgan yirik asab tomirlari birlashgan. Bu tolalar orqa miyani tashkil etadi. Orqa miyaga bir uchi umurtqali hayvonning har bir a’zosiga tarqalgan ingichka asab torlari ulangan. Umurtqalilarga yana bir xos xususiyat — qon tomirlarining bir-biri bilan birikkan, ya’ni qon yuritish sistemasining mavjudligidir. Ana shu tomirlar orqali organizmning har bir hujayrasiga oziq moddalar va kislorod yetib boradi. Ingichka tomirlar birlashib, yirik ko’k tomir va qizil qon tomirini shakllantiradi, ularning eng kattasi qon yuritish sistemasining markaziga — yurakka ulanadi. Umurtqalilar boshqa hayvonlardan o’zining skeletidan tashqari mushaklari va paylaridan iborat bo’lgan, tutib harakatga keltiruvchi mukammal apparati bilan ajralib turadi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz