Umurtqalar siljishi




Umurtqalarning siljishi  — spondilolistez deb ham ataladi. Umurtqaning tizimli amortizatsiya xususiyatlari tufayli katta miqdordagi yuklarni umurtqa pogʻonalariga oʻtkazib turishga imkon beradi. Ammo umurtqaning bir birga nisbatan joylashishi oʻzgarishi umurtqalar siljishi deb ataladi.

Sabablari



Predispozitsiya qiluvchi omillar:

Umurtqalarning siljishi turlari va darajalari




Klinik koʻrinishi



Orqa miya patologiyasi boʻlgan barcha bemorlarda umumiy simptomlar mavjud. Spondilolistez holatida asosiy alomat — yalligʻlangan hududdagi ogʻriqlar boʻlib, ular jismoniy kuch bilan yoki uzoq muddat bir holatda qolish bilan ogʻriq xarakteri kuchayadi yoki oʻzgaradi. Bel tarafdagi harakat cheklangan boʻladi va umurtqa pogʻonasini toʻgʻri ushlab turish uchun harakat qilish kerak boʻladi.

Listezning lokalizatsiyasiga qarab, boshqa kasalliklarga notoʻgʻri tashxis qoʻyilgan oʻziga xos alomatlar rivojlanishi mumkin:

Boʻyin sohasi:
Alomatlari — nevrozlar, uyqusizlik, gipertoniya, o’rta otit, laringit, tonzillit, qalqonsimon bez kasalliklari, yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir respiratorli infeksiyalari, bursitlar xos.

Koʻkrak sohasi:

Alomatlari — astma, yurak muammolari, oʻt pufagi va jigar kasalliklari, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak kasalliklari, buyrak va buyrak usti bezlari kasalliklariga oʻxshash boʻlishi mumkin.

Bel-dumgʻaza sohasi:

Tos aʼzolarining kasalliklari, yoʻgʻon ichak bilan bogʻliq muammolar, appenditsit, jinsiy zaiflik, oyoqlarda paresteziya, oyoq mushaklaridagi ogʻriqlar.

Diagnostika



Tashxis qoʻyish uchun har doim bemorning shikoyatlari toʻplangan anamnez va ortopedik travmatolog va vertebronevrologning xulosasi kerak boʻladi.
Bemor quyidagi diagnostika oʻtkazilishi kerak:

Davolash



Konservativ



Spondilolistezni konservativ davolashning asosiy vazifasi vazn yoʻqotish va maxsus mashqlar yordamida mushak toʻqimasini mustahkamlashdir. Listozni davolashda asosiy maqsad simptomlarni yoʻq qilish va hayot sifatini yaxshilashdir. Maqsadga erishish uchun konservativ va jarrohlik davolash usullari qoʻllaniladi.

Konservativ davolash usullari orasida umurtqa pogʻonasini mustahkamlash, dori-darmonlarni qabul qilish (steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilar, miorelaksantlar, anksiolitiklar), oʻta ogʻir hollarda analgetiklar qoʻllaniladi.

Jarrohlik



Jarrohlik davolash faqat bemor tomonidan patologiyani eʼtiborsiz qoldirgan hollarda qoʻllaniladi yoki oldingi konservativ davo natija bermaganda qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz