Umupira w’agatebo




Basketbol  (inglizcha: basket; soʻzidan olingan boʻlib, basket — savat, ' ball'  — toʻp) har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Har bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda ham himoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12-marta, Faqatgina SSSR 2-marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan.

Basketbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va fransiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.

Basketbol topining og’irligi: 600-650g

Basketbol oʻyinchilarining pozitsiyalari




Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz