Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat (Oʻzbekistonda) — Oʻzbekiston fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishdan iborat faxriy burchi. 1992-yil 3 iyuldagi 12chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy kengashining 10sessiyasi respublika Qurolli Kuchlarini tuzishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu sessiyada "Mudofaa toʻgʻrisida", "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida" va "Muqobil xizmat toʻgʻrisida"gi muhim harbiy qonunlar qabul qilindi. Harbiy qasamning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mudofaa ishlari vazirligini Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirligiga aylantirish toʻgʻrisidagi farmoni tasdiklandi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini toʻldirish "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Unga koʻra, harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan va chaqiruv kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmish yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladilar. Xizmatni chaqiruvga binoan oʻtayotgan oddiy askar, serjant va starshinalar uchun harbiy xizmat muddati — 18 oy (oliy maʼlumotli shaxslar uchun — 12 oy). Harbiy xizmatdan boʻshatilgan, shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan ozod etilgan fuqarolar (salomatligining yomonlashgani tufayli harbiy hisobdan chiqarilganlardan tashqari) zaxiradagilar roʻyxatiga olinadilar. Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab 3 darajaga boʻlinadi. 3daraja chegarasi umuman zaxirada boʻlish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Oddiy askarlar, serjant va starshinalar, praporshchiklar va michmanlarning zaxirada boʻlish yoshining chegarasi: 1darajadagilar uchun — 35 yoshgacha"; 2darajadagilar uchun — 45 yoshgacha; 3darajadagilar uchun — 50 yoshgacha.
Harbiy xizmatchilar zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan boʻlsalar yoki harbiytibbiy komissiya tomonidan salomatligiga koʻra harbiy xizmatni oʻtashga yaroqsiz deb topilsalar — harbiylar roʻyxatidan oʻchirilgan holda iyeteʼfoga chiqariladilar.
Hozirgi kunda 12 oy oliy ma'lumotlilar uchun esa 9 oy etib belgilangan
uz.wikipedia.org